Torgan Azar: "Eden bilan gollar soni bo'yicha bellashyapmiz, mag'lub tomon tushlik olib beradi"
10 noy 2018 17:11
Yangiliklar


Torgan Azar: "Eden bilan gollar soni bo'yicha bellashyapmiz, mag'lub tomon tushlik olib beradi"
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Torgan Azara akasi, "CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar bilan gol urish bo'yicha bellashayotganini aytib berdi.
"So'nggi bir necha yil biz bellashyapmiz. Uning shartlariga ko'ra, agar kimdir kamroq gol ursa, g'olibga tushlik olib beradi.
Aytgancha, o'tgan haftada ukamiz Kilian "Serkl Bryugge" safida gol urdi, u ham bellashuvimizga qo'shilishni istab qolishi mumkin" - deydi Torgan.
Torgan joriy mavsum "Borussiya" safida 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi. Uning akasi Eden esa "CHelsi" safida 13ta bahs o'tkazib, 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar