So’nggi yangiliklar

08:34"Андижон"нинг етакчиларидан бири Москвада операция қилинди   2 08:07“Челси“ ушбу натижага эришган тарихдаги илк жамоа  2 07:41Саудия Пролигасининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:15Пролига. Бугун Олмалиқда ўйин бор  0 01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  41 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  4 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  4 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  12 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  9 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  7 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3

To'raqo'rg'onda "Odil Junior" futbol maktabi ishga tushadi Yangiliklar

To'raqo'rg'onda "Odil Junior" futbol maktabi ishga tushadi

Namanganning "braziliyasi" deb atalmish To'raqo'rg'on tumani o'zbek futboliga juda ko'plab futbol yulduzlarini taqdim etgan.

Saydullo Tursunov, Anvar Soliev va Xayrulla Karimov kabi charm to'p ustalari bir necha marotaba O'zbekiston chempioni bo'lish bilan birga, MTJ sharafini munosib himoya qilganlar. 

Jahonga mashhur futbolchilar kabi, MTJ sardori Odil Ahmedov ham sekin asta o'z futbol maktablarini ochish dasturini ishlab chiqayapti. Uning birinchi maktabi shu kunlarda To'raqo'rg'onda ochiladi. SHu munosabat bilan 15-16 oktyabr kunlari "Odil Junior" (To'raqo'rg'on) tashabbusi bilan "Championat.asia" sayti bilan hamkorlikda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilari o'rtasida vodiy jamoalaridan tashkil topgan "Kelajak Yulduzlari" musobaqasi bo'lib o'tadi.


"Viloyatimiz hokimi, Xayrullo Hayitboevich bilan ko'rishganimda, u kishi hududda bolalar futboliga bo'lgan etiborni oshirishi va bu borada birga ishlashimiz kerakligini aytib o'tdilar. Tabiiyki, bu men o'ylab yurgan reja uchun ayni muddao bo'ldi. O'zim Namangan futboli uchun o'ynay olmadim, niyatim Namangandagi futbolni qayta oyoqqa turg'azish bilan o'z qarzimni uzish. Faqat Namangan emas, vodiy bo'ylab keng faoliyat olib borishni maqsad qilayapmiz. Bu loyihamizni Namangan viloyatidan tashqari, Farg'ona va Andijonda ham qo'llab - quvvatlasalar, imkon qadar vodiy uchun ishlashga harakat qilamiz. Boshlanishiga kichik maktab ochayapmiz. Asosiy maqsad, istedodli vodiyliklarni bir erda jamlaydigan akademiyaga ega bo'lish. SHu bilan bir qatorda har bir vodiy hududida filiallarni tashkil etish. Bizni qiziq va mashaqaqqatli ish kutib turibdi. Oliy liga klublarini qarang, deyarli har birida vodiylik futbolchilar bor. Ular jamoaning etakchilari. Sekin astalik bilan bo'lsada, yillar o'tgach kelajakda etishib chiqadigan yoshlarni aynan vodiy jamoalarida ko'rishimiz kerak. Buning uchun hududda bolalar futboliga bo'lgan etiborni birgalikda oshiramiz. SHunda, ota-onalar o'z farzandalarini uydan ancha uzoqda bo'lgan shaharlarga emas, vodiydagi tumanlarga bersinlar", - deydi Odil Ahmedov.


- Yoshlarga kim talim beradi?

- Bu borada ham rejam bor. Bilasiz, bugunda Rossiyaning eng yaxshi akademiyasi sifatida, men to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi tan olinyapti. O'zim bilan yoshlikdan birga to'p tepgan, bugunda eng yaqin do'stlarimdan biri Sodiq Ahmadaliev men bilan klubda ancha yil ishladi. Uni tajribasiga tayanamiz. Mahalliy murabbiylarga sharoit yaratamiz. Undan tashqari ularning bilimlarini oshirish borasida dastur ishlab chiqamiz. Ishni hozircha boshidan boshlaymiz, dekabr oyida tatilga chiqqanimdan keyin, Namanganda rahbarlar bilan yana bir bor shu masalada ko'rishamiz. Ularning ko'magisiz futbolni oyoqqa turg'azish qiyin, ular esa bunga tayyorlar.

Ayni paytda 2005 va 2006 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilar uchun qabul davom etayapti.

Manzil: Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani, Toshkent mahallasi.

Malumot uchun telefon: (+99890) 275-0596.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика