So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  1 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

Toplar davrasiga xush kelibsan Mikel Yangiliklar

Toplar davrasiga xush kelibsan Mikel

Avtomatga qarshi kamon bilan jang qilib bo'lmaydi.


Kuni kecha «Arsenal» premer-liga 12-turida (Qirolicha vafoti sababli qoldirilgan o'yin) “Manchester Siti”ga mag'lub bo'ldi. APL joriy mavsumida Arteta boshchiligidagi «to'pchilar» tumanli albionning barcha top jamoalarini mag'lub etishdi, faqatgina amaldagi chempiondan tashqari. O'yin oldidan mutaxassis va muxlislarning aksariyati «Arsenal»dan ijobiy natija kutishgandi, ammo bu safar ham Arteta Pepni enga olmadi.

Qoldirilgan dars.


Pep qo'l ostida murabbiylik sir asrorlarini o'rgangan Mikel Gvardiolaning qaysidir darsini o'tkazib yuborgan yoki unga hammasi ham o'rgatilmagan. Arteta «Arsenal»da yo'lga qo'ygan uslub “Manchester Siti”niki bilan deyarli bir xil. SHogird ustozidan o'rganganlariga tayangan holda «Arsenal»ni APL peshqadamiga aylantirgandi. Deyarli barcha o'yinlarda ish bergan uslub «originali»ga qarshi qo'yilganda ojiz qoldi. O'sha o'rgatilmagan, berkitilgan bilimlar Artetaga etishmadi. Kechagi o'yin orqali Gvardiola shogirdiga qoldirgan darslaridan birini qayta o'tib berdi.

Arteta top murabbiy.

Millionlar o'yinida “g'alaba futbolchilarniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki” degan ibora bor. «Siti» bilan o'yinda ham shunday bo'ldi, kuchli pressing ostida qolgan «Arsenal» himoya vakillari to'pni oshirishda xatoliklarga yo'l qo'yishdi. O'tkazib yuborilgan uch gol ham qo'pol xatolar evaziga yuzaga keldi. O'yinning umumiy kartinasiga qarasak Arteta jamoasi hech qaysi jabhada raqibidan ortda qolmadi. To'p nazorati (64 ga 36), darvozaga berilgan zarbalar (10 ga 9), uzatmalar adadi va aniqligi ko'rsatkichlari bo'yicha raqib ortda qoldirildi. Bu esa murabbiy tuzgan taktik sxemalar ish berganidan dalolat. 


Arteta allaqachon top murabbiylar qatoriga kirib bo'ldi. Tajriba, usluban xilma-xillik, vaziyatlarga tezkor reakciya bildira olish xususiyatlarini o'zida jo qilgan mutaxassisga «Arsenal»da faqatgina resurslar tanqisligi pand bermoqda. Qishda olingan Trossar va Jorjinyo etarli bo'lmayapti. SHuning uchun ham Artetaning darajasini belgilashda faqatgina natijaning o'zigagina qarash noto'g'ri. O'lchovni esa boshqa bir insondan olsa bo'ladi. Ayni paytda planetaning tom manoda birinchi raqamli murabbiyi bo'lib turgan Pep Gvardioalani o'z uslubida o'yin tomonlama maxf etishni hozircha faqat Mikel uddalamoqda. Ishonamanki Arteta qurayotgan futbol Pep tuzib chiqqan uslubning aynisi emas. Aslida Gvardiolaning o'zi ham gollandlarning total futbolidan ozuqalangan holda hozirgi darajaga chiqqan. Katta ehtimol «to'pchilar» rahbariyati Artetaga kerakli futbolchilarni olib berib tursa (Mixail Mudrik) tez orada “Manchester Siti” kabi jamoalar ustidan ham zafar quchiladi. Avtomatga qarshi kamon bilan jang qilib bo'lmaydi yoki “ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur” degani kabi. Hammasi shu taqlid davom etsa Arteta kelajakning birinchi raqamli murabbiyiga aylanadi. Futbol esa bu kabi murabbiylarning borligidan faqat yutadi. Toplar davrasiga xush kelibsan Mikel

 

Jaloliddin Xalilov.  

 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика