So’nggi yangiliklar

13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  4 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  18 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  16 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5

Top-ligalardagi kutilmagan qahramonlar Yangiliklar

Top-ligalardagi kutilmagan qahramonlar

Ispaniyada Barselonaning havasini keltirayotgan yangi superdriblingchi paydo bo'ldi, APLning eng aqlli himoyachisi Xallda o'ynamoqda, Rossiyada esa Dmitiriy Kombarovni o'sayotgan zahmatkash maqomi bilan siylashdi.

Bombardir.ru Evropaning eng kuchli ligalarida to'p surayotgan futbolchilar orasidan kutilmagan qahramonlarni aniqladi.

Ispaniya: Mehdi Karsela-Gonsales (Granada) - La ligadagi eng yaxshi dribling ustasi

Bu kim? 27 yoshli marokashlik futbolchi Belgiyaning Standardida Vitsel, Defur, Mbokani va Mangala bilan to'p so'rgan. 2011 yili Spartak ushbu yarim himoyachini rosa avaylagandi, Mehdi esa hech ikkilanmay Anjiga o'tib ketdi va Mahachqalada faqat zaxiradan maydonga tushdi. So'ngra bir-ikki yil Standard safida ko'rinish berdi, keyinchalik Benfika bilan CHempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi va shu tariqa top-ligaga o'tdi.

Nima qildi? To'g'ri, Granada hozir autsayderlar qatorida yuribdi, ammo Karselasiz ishlari yanada yomonlashishi aniq edi. U ikkita gol urdi, dribling bo'yicha esa primeradagi barcha futbolchilarni ortda qoldirdi - ular orasida Neymar va Messi ham bor. Bir o'yinda o'rtacha 4,3ta aldab o'tishni ijro etgan. Ayniqsa, Atletik bilan o'yinda Mehdi raqiblarini 10 marta ortda qoldirgan. Qiziq, murabbiy almashganidan keyin ham futbolchining ishlari bir maromda kecharmikan?

Angliya: Kertis Deyvis (Xall) - APLning eng aqlli himoyachisi

Bu kim? 31 yoshliangliyalik futbolchi Uimbldon (hozirgi MK Dons) klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aston Villada o'ynashga ulgurgan, Lester chempionshipda qatnashayotgan kezlari klubning eng yorqin o'yinchilaridan biri bo'lgan. Birmingem libosida 11ta gol urgan, 2013 yildan buyon Xall safida yuztadan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi.

Nima qildi? Bir o'yinda o'rtacha 6,2 marta to'pni raqibdan olib qo'ygan - ligada atigi to'rt futbolchi 4 raqamiga zo'rg'a erishayotganini inobatga olsak, bu ajo­yib statistika. Misol uchun, Bernli bilan o'yinda Deyvis o'ziga xos mahoratini o'n marotaba namoyish etdi. Ushbu himoyachi o'z jarima maydonchasidan to'pni olib chiqib ketish bo'yicha kuchli oltilikka kiradi. Ayniqsa, MYUga qarshi kechgan bahsda 17 marta shunday harakatni amalga oshirgan. Xall hozircha turnir jadvalining quyi pog'onalaridan o'rin egallab turibdi. Darvoqe, jamoa amaldagi chempionni mag'lubiyatga uchratdi va golli hujumlarning biri Kertis ishtirokida amalga oshirildi.

Italiya: Andrea Belotti (Torino) - tezkor gol urish bo'yicha A seriyaning eng yaxshi o'yinchisi

Bu kim? 22 yoshli italiyalik bir-ikki yil avval Palermoning elitaga chiqishiga ko'maklashgan, so'ngra mazkur klub safida A seriyada 6ta to'p kiritgandi. O'tgan mavsum Torinoda 12ta gol urdi, o'z navbatida, yoshlar termasida ham raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. SHuningdek, Italiyaning bosh jamoasi libosida bitta o'yin o'tkazishga ham ulgurgan - Franciyaga qarshi kechgan o'rtoqlik bahsi(1:3)da Andreaning maydonga tushishiga imkoniyat yaratib berishdi.

Nima qildi? Bakka va Kalexon singari beshta gol urgan, ammo ulardan farqli ravishda ushbu mavsum 300 daqiqaga yaqin vaqt mobaynida to'p surgan, xolos. A seriyaning eng yaxshi to'purari Mauro Ikardi bir o'yinda gol urgan bo'lsa, Belotti bir soat ichida raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Torino forvardi Bolonya bilan o'yinda xet-trik muallifiga aylandi, Milan va Roma kiperlarini bir martadan ranjitdi, rimliklarga qarshi bahsda golli uzatma berishga ham ulgurdi. Raqib darvozasiga zarba yo'llash bobida hozircha Belottini faqat Edin Jeko ortda qoldirmoqda.

Germaniya: Marko Fabian (Ayntraxt) - samaradorlik bo'yicha bundesligada Levandovski darajasiga chiqqan


Kim bu? 27 yoshli meksikalik joriy yildan boshlab Evropada to'p surmoqda. Bungacha Gvadalaxara va Krus Asul klublarida chiroyli gollar muallifiga aylandi, terma jamoasi bilan London Olimpiadasi oltin medallarini qo'lga kiritdi, 2016 yildan boshlab esa Frankfurtning Ayntraxtiga o'tishga qaror qildi. O'tgan mavsum u qadar sermahsul kechmagandi, bu galgi chempionatda esa Fabian dastlabki turlardanoq porlay boshladi.

Nima qildi? Uchta o'yinda ikkita to'p kiritib, shuncha marta assistentlik qildi va Ayntraxtning bundesligada kuchli beshlikdan o'rin olishiga zamin hozirladi. Marko darvozalarga zarba yo'llash bobida Levandovskidan, krosslar bo'yicha esa Grossdan ortda qolyapti, xolos. O'z navbatida, ko'p fol ishlatayotgani ham bor gap - qoidabuzarlar ro'yxatida oltinchi o'rinda bormoqda. Lekin asosiysi - samaradorlikni yo'qotmaslik. Whoscored.com tasnifiga ko'ra, meksikalik futbolchi bundesligadagi boshqa hamkasblarini sezilarli tafovut bilan ortda qoldirmoqda.

Rossiya: Dmitriy Kombarov (Spartak) - RFPLning bosh zahmatkashi

Kim bu? ...

maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика