So’nggi yangiliklar

00:00Европа лигаси. "Милан", "Ливерпуль" ва "Байер" иштирокидаги ўйинлар бошланди (онлайн ҳисоб)  1 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан сўнг ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  2 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   1 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  4 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1 20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0 20:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Кувайтга қарши ўйинга тайёргарликни бошлади  2 20:25Ковачичнинг пенальтидан тепган зарбаси йўналишини топишда Лунинга жамоадоши ёрдам берди  4 20:18Сенсация! Индонезия Австралияни мағлубиятга учратди  10

Top-klublar forvardlarga hujum qilishni boshladi Yangiliklar

Top-klublar forvardlarga hujum qilishni boshladi

Morata "Yuve"ga o'tadi, Suares esa deyarli "Atletiko"da.

Evropada "Yuventus" boshlab qo'ygan hujumchilar bilan bog'liq chigal vaziyat, transferlar kombinaciyasi nihoyat echimini topadiganga o'xshaydi. Turinliklar AQSHga ketgan Gonsalo Iguain o'rniga forvard izlashmoqda — asosiy nomzodlar: Suares va Jeko. Ammo vaziyat keskin o'zgarib ketdi va natijada urugvaylik "Atletiko"ga, Morata esa Madriddan Turin tomonga yo'l olmoqda. 

Keling, shular haqida batafsil suhbatlashamiz.


Morata ijara huquqi asosida "Yuventus"ga o'tadi. Ammo ispaniyalikni sotib olishlari ham mumkin

Alvaro ko'rikdan o'tish uchun va shartnoma imzolash uchun Turinga etib keldi. Bir necha soatlar avval tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgani borasida malumotlar tarqaldi. Jurnalist Fabricio Romano malumotiga ko'ra, "Yuventus" ijara uchun 9 mln evro to'larkan. Klublar o'rtasidagi kelishuvga asosan, ular ijara muddatini 2022 yil iyunga qadar uzaytirishlari ham mumkin. Bundan tashqari, 2021 yil iyunga qadar "Yuve" Moratani 45 mln evroga sotib olish huquqiga ega. SHuningdek, o'yinchi shartnoma shartlari bo'yicha Turin klubi bilan kelishib oldi (2025 yil yozgacha).

27 yoshli forvard 2014-2016 yillar mobaynida "Yuve"da to'p tepgan. Avvaliga ispaniyalik hech asosiy tarkibga kira olmagan, biroq mavsum o'rtalariga kelib u dastlabki o'nbittalikdan o'rin egallay boshladi. Ayniqsa, Morata CHempionlar Ligasida o'zini yorqin namoyish eta oldi: ikkita yarim finalda sobiq jamoasi — "Real" darvozasini ishg'ol etdi. Finalda esa "Barsa"ga gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, kataloniyaliklar o'shanda 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Ammo Morata ikki mavsumda ham "Yuve" chempionat va Kubokda g'olib bo'lishi uchun qo'lidan kelgancha yordam berdi. Kubok-2015/16 finalida ispaniyalik qo'shib berilgan vaqtda "Milan" darvozasiga g'alaba golini urishga erishdi (1:0).

Alvaroning A Seriyadagi ko'rsatkichlari o'rtacha edi — ikki mavsum ichida 15ta gol. Morata turinliklarning 93 o'yinida 27+18 natijasini qayd etdi va 5 sovrinni qo'lga kiritdi. Keyin esa futbolchi "Real"ga qaytdi, u erdan "CHelsi" va "Atletiko"ga o'tdi, ammo hech birida uzoq qolmadi. O'z jamoasini hali topmagan futbolchi endi yana Turinda o'zini sinab ko'rishga ahd qildi.

Morata "Atletiko"ga ham o'sha eski sxema bo'yicha o'tgandi — sotib olish huquqi bilan ijaraga berish. O'tgan yilning yanvar oyida ispaniyalikni 7,5 mln evro evaziga 18 oyga ijaraga berishgan. 2020 yilning iyulida esa 65 mlnga to'liq sotib olishdi. Alvaro madridliklarning 61 o'yinida maydonga tushdi va hisobiga 22ta golni yozib qo'ydi. Lekin na jamoa etakchisi va na asosiy tarkibning to'laqonli o'yinchisi bo'la oldi (o'tgan mavsum La Ligada 25 marta startdan, 9 bora esa zaxiradan maydonga tushdi. ECHLda esa asosiy tarkibdan 5 marotaba, 3 safar esa zaxiradan o'rin egalladi).


"Atletiko" Suares bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Biroq avval Kostani sotishi kerak

"Atletiko" Moratani xotirjamgina qo'yib yubordi, sababi klub Suares bilan bitim tuzishi mumkin. "Barselona" esa forvardidan qutilishni shunchalik xohlayaptiki, hattoki raqibiga uni bepul berishga ham rozi bo'ldi. "AS" bergan malumotga ko'ra, Madrid klubi o'yinchilari jamoaga bunday kuchli o'yinchi o'tishidan juda xursand ekan. Ularning fikricha, Grizmann ketganidan so'ng, jamoaga etishmayotgan kuch aynan urugvaylik ekan.

Katta ehtimol bilan bitim imzolanadi. Luis "Barsa" bilan shartnomani bekor qilish shartlari bo'yicha kelishib oldi. "RAC1" xabariga ko'ra, katalonlar urugvaylikni tekinga qo'yib yuboradi, futbolchi esa shartnoma bo'yicha qolgan yildagi maoshidan qisman voz kechar ekan. "Onda Cero" esa bu summa oyligining yarmi (7 mln evro) ekani haqida xabar chop etdi.

"Marca" nashri bergan malumotlarga qaraganda, Suares 2 yillik shartnoma imzolash haqida Simeone bilan kelishgan va maoshi yiliga 9 mln evro bo'lishiga rozi bo'lgan ("Barsa"da yiliga 14 mln olardi). "Mundo Deportivo" xabar berishicha esa, madridliklarning hisob-kitobi to'g'ri bo'lishi uchun avval Diego Kostani sotishi kerak ekan (ispaniyalik har mavsum taxminan 8 mln evro topadi).


"Roma" Milik bilan kelisholmadi, shuning uchun Jekoni "Yuve"ga qo'yib yubormayapti. Fuqarolik bilan bog'liq muammo tufayli turinliklar Suares bilan shartnoma imzolamadilar

Uzoq vaqt mobaynida Suares "Yuve"ning transfer ro'yxatida birinchi o'rinda turardi, ammo rasmiyatchilik tufayli rejadagi ishlar o'xshamadi. Turinliklarga Evropa Ittifoqidan bo'lmagan hamda futbolchilar uchun ajratilgan uch joyni band qilmaydigan o'yinchi zarur.

Ispaniya qonunlariga ko'ra, Evropa Ittifoqi fuqaroligini tasdiqlash uchun Luisning rafiqasi Sofiya Balbi Italiya paspotiga ega ekanining o'zi etarli edi. Ammo Italiyada hamma narsa jiddiy. SHu sababli, Suares italyan tilini bilish darajasi o'rta (B1) ekanini tekshirtirish uchun imtihon topshirdi. Ammo unga pasport darhol berilmaydi, "Yuve"ning esa kutishga vaqti yo'q. Bundan tashqari, italyan policiyasi allaqachon surishtiruv o'tkazishni boshlab yuborgan — urugvaylikka imtihon savollari avvaldan etkazib berilganlikda gumon qilinmoqda.

"Suaresni ro'yxatdan chiqarib tashlash mumkin, chunki u transfer oynasi dedlaynidan so'ng pasport olishi mumkin va u vaqtda esa biz CHempionlar Ligasida ishtirok etadigan o'yinchilar ro'yxatini jo'natayotgan bo'lamiz", — deydi "Yuve" sport direktori Fabio Paratichi.

"Yuventus" uchun yana bir variant — "Roma"dan Edin Jeko. Muzokaralar to'xtatildi, sababi rimliklar safiga "Napoli"dan Arkadiush Milik o'tishi borasida muammolar yuzaga keldi. Polyak Rimga jo'nashga yaqin turgandi, biroq shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmadi. Endi "Tottenxem" Milikni ilib ketish payida turibdi.

Paratichi avvalroq turinliklarga Ronaldu va Dibala bilan o'ynay oladigan bitta forvard kerak deb aytgandi. Morata bilan shartnoma imzolanganidan keyin Jekoning klubga o'tish imkoni pasaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика