So’nggi yangiliklar

06:05"Эл класико". "Реал Мадрид" – "Барселона" 2:5, "Барселона" ўтган йилги финал учун реванш олди  9 05:45Англия кубоги. "Арсенал" ўз иштирокини учинчи босқичда якунлади, "Манчестер Юнайтед" сафарда ғалаба қозонди  13 05:35А Серия. "Наполи" 15-ғалабасини қўлга киритди  0 05:25Лига 1. ПСЖ - "Сент Этьен" учрашувида Дембеле иккита гол урди, Барколянинг голи ҳисобга олинмади  0 02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  309 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  1 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  18 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25

TOP-5. Kutilmaganda boshdan baland sakragan qahramonlar haqida Yangiliklar

TOP-5. Kutilmaganda boshdan baland sakragan qahramonlar haqida

Bu jamoalar hamon barchani lol qoldirmoqda.

Bu mavsum Evropa TOP chempionatlarida qator klublar ijobiy manoda hayron qoldirishmoqda. SHubhasiz, ularning eng yorqini – "Bayer". Xabi Alonso jamoasi "Bavariya"ning Bundesligadagi gegemonligiga yakun yasamoqchi – hattoki rekordlarda ham. Lekin "farmacevtlar"dan tashqari ham sensaciyalar etarli: "Brest", "Jirona" va "Aston Villa". Ushbu jamoalardagi vaziyat va umumiy holatga batafsilroq to'xtalib o'tamiz.


"Brest" – PSJdan keyin birinchi

"Liga 1"da yozilmagan bir "qonun" mavjud. "Pari Sen-Jermen" titulni qo'lga kiritishi – bu normal holat. "Monako" taxminan Evropa Ligasi va ECHL zonalari o'rtasida bo'lishi – bu normal holat. Biroq odatda TOP-3ning bir vakili "Marsel" o'ntalikning oxirida bo'lishi – normal holat emas. "Brest" marselliklar o'rnini band etishi – sensaciyadan boshqa narsa emas. Agarda aynan "Brest" 9-o'rinda deyilsa, bu gapni qabul qilish osonroq bo'lardi — ushbu jamoa francuz futboli grandlari qatoriga kirmasligi hech kimga sir emas.

Ammo mavsum boshidanoq klub evrokuboklar yo'llanmalari uchun kurashga qo'shilib oldi va hatto "Parij" o'ziga kelguncha, 1-o'rinda ham bo'lib ko'rdi. Kichik omadsiz davr ham bo'lib o'tdi – oktyabr-dekabr oralig'ida g'alabasiz 6 o'yin. Bunga qaramay, "qaroqchilar" yana tezda yuqoriga chiqib olishdi.

"Brest" — "Liga 1"ning ikkinchi jamoasi. Oxirgi mag'lubiyat 2023 yilning noyabrida "Monako"ga qarshi bahsda qayd etilgandi. Yana bir qiziq holat, jamoa raqobatchilaridan ham qochib ketganicha yo'q – "Nicca" bor yo'g'i 1 ochkoga ortda qolmoqda. "Lill" va "Monako" bilan o'rtadagi farq — 2 ochko. Bu esa Franciyada intriga oxirgi turlargacha davom etishiga ishoradek.


"Jirona" chempionlik orzusidan ayrildi

Michel ancha ter to'kib va metodik bilimlarini ishga solib "Jirona"da evrokuboklar uchun kurasha oladigan jamoa yaratdi. Ushbu harakatlar mevasini shu mavsum ko'rdik – natija eng maksimal umidlardan ham yaxshiroq bo'ldi. "Oq-qizillar"ni hattoki TOP-5da ko'rish ham biroz g'alati ko'rinardi odamga - kuchli uchlik esa... Izohga o'rin yo'q. "Barselona" qiyin davrni o'tkazayotganini bildirmaslik uchun Kataloniyaning boshqa bir klubi orada etakchilik uchun ham ancha muvaffaqiyatli kurash olib bordi.

Qishda bir-biri bilan yaxlit jamoa bo'lib o'ynayotgan tarkibning asosini saqlab qolish muhim edi – vazifa uddalandi. Birinchi davra yakunlariga ko'ra, "Jirona" "Real"ga yutqazdi, lekin safarda "Barsa"ni, o'z maydonida "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratdi. Bunday natijalar umumiy holatga ajoyib effekt berishi tabiiy hol.

Tan olish kerak, ajoyib mavsum o'tkazayotganiga qaramay, jamoa nomdor raqobatchilar bilan solishtirganda zaxira o'rindig'i uzunligi bilan ham, psixologik chidamlilik borasida ham, stabillik bo'yicha ham ustun emas. Yangi yilda "Jirona" autsayder "Almeriya" bilan durang qayd etdi. 4 fevral sanasida jarohatlar qiynayotgan "Sosedad" bilan ochkolar bo'lishib olindi. Oxirgi ikki turda esa jamoa "Real"ga 0:4 va "Atletik Bilbao"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yaqin turlarda ikkinchi o'ntalik vakillari "Rayo Valekano", "Malorka" va "Osasuna"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Bu bahslarda "Jirona"ning xato qilishga haqqi yo'q – "Barsa" va "Atletiko" "oq-qizillar"ning qoqilishini kutmoqda.


"Villa" va "Tottenxem" — MYU uchun og'ir to'siq 


"Tottenxem" ilk turlarda yo'lidan chiqqan raqibni mag'lubiyatga uchratib, ko'pchilikning etiborini o'ziga qaratdi – o'sha orada jamoa 1-o'rinni ham egallab turdi. Biroq etakchilarning jarohatlari Londonliklarni oyog'idan chaldi. Ange Postekoglu jamoasi kuchli to'rtlikdan ham chiqib ketib qoldi va hozirga kelib, 5-o'rinni egallab turibdi. So'nggi turlarda vaziyat biroz yaxshilandi – mag'lubiyatlar sezilarli darajada kamaydi. Biroq ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotganingizda g'alabalar yonida duranglar ham ko'payib ketsa, bo'lmaydi. 

"Aston Villa" ertagi mavsum boshidan beri davom etmoqda. Scenariy jihatidan ularning vaziyati "Tottenxem"nikiga o'xshab ham ketadi. Farqi "sherlar" — imkoniyatlari bir muncha kamroq va evrokuboklar zonasiga endi yorib kirdi. Unai Emeri bunday jamoalar bilan ishlashni juda yaxshi biladi. "Villa" "pikida" "Arsenal" va "Man Siti"dan balandroq o'rinda edi. Uzoq mavsumni inobatga oladigan bo'lsak, klass, stabillik va tizim muhimroq albatta. SHu sababli, "sherlar" TOP-3dan tushib qolishdi, ammo ECHL zonasidan chiqib ketgani yo'q va bu jamoa uchun ajoyib natija.


"Bolonya" ECHLda debyut qiladimi? 

2022 yil sentyabr oyida Tiago Motta A Seriyada anchadan buyon ishtirok etuvchi, lekin 10 — 15-o'rinlar o'rtamiyona jamoa boshqaruvini qo'lga oladi. "Bolonya" o'sha holatida hech qanaqasiga evrokuboklar uchun kurashadiganlar qatoriga kirmasdi. Biroq braziliyalik sobiq futbolchi klubni shu darajaga ko'tara oldi – bunga qandaydir 2 mavsum etarli bo'ldi.



"Qizil-ko'klar" tezlik olishi qiyin bo'ldi va 10-turga kelibgina TOP-5 tomon chinakamiga "yurish"ni boshladi. Bunga bir qancha urinish kerak bo'ldi – lekin yangi yilni klub 5-pog'onada kutib oldi. Undan so'ng o'tgan vaqt mobaynida vaziyat faqat yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Hozir Tiago Motta shogirdlari ECHL zonasida va Italiya futboli gigantlari: "Inter", "Yuventus" va "Milan"dan keyingi o'ringa joylashib olgan.


"SHtutgart" — Bundesliga kuchli uchligida

Oxirgi bor shtutgartliklar 08/09-yilgi mavsum Bundesliga TOP-3ga kira olishgan – o'shanda chempionlik poygasida "Volfsburg" "Bavariya"dan ustun kelgandi. Hozir tarix takrorlanmoqda – myunxenliklar 2-pog'onada, etakchi esa ko'pchilik kutmagan "Bayer". "SHtutgart" esa 3-o'rinda.

Takidlash lozim, bu yo'lda jamoa transfer bozorida u qadar faol ish olib bormadi, ammo kerakli poziciyalarga aniq o'yinchilar olib kelindi – bosslar esa bosh murabbiylikka Sebastyan Xyonessni olib kelishdi. U esa o'z ishini qoyillatib bajarmoqda. Germaniyalik menedjer "Leypcig" va "Bavariya" tizimlarida ishlab tajriba orttirgan, "SHtutgart"ga esa "Xoffenxaym" tajribasidan keyin keldi. Yangi murabbiy qo'l ostida Kris Fyurix kuchaydi (o'tgan mavsum 5 ta gol va 2 ta golli uzatma, 6+6 – joriy mavsumda), Deniz Undav jamoaga yaxshi kirishib ketdi. Seru Girassi samaradorlik bo'yicha shaxsiy rekordini yangilamoqda (o'tgan mavsum 11 ta gol, 18 ta – bu mavsumda) va "Bavariya" etiborini o'ziga qaratdi.

Moliyaviy imkoniyatlari ancha cheklangan jamoa nemis futboli ikki giganti – Dortmundning "Borussiya"si va "Leypcig"ni ortda qoldirmoqda. "Buqalar" misol uchun yozda hammadan ko'proq pul sarflashgandi. Oxirgi 5 turda "SHtutgart" umuman ochko yo'qotmadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика