

- Mening vazifam jamoam hujumlarini rivojlantirish edi. Men qulay vaziyatlarga ochilib borayotgan jamoadoshlarimni to'p bilan taminlashim kerak edi. Ukraina bilan o'yinda ish berdi, deb o'ylayman. Shu tempda o'ynashda davom etishim kerak.
"Real"ning barcha futbolchilari YCHLdagi muvaffaqiyatidan so'ng yaxshi kayfiyatda Evroga tashrif buyurishgan. Albatta g'alaba tamini his etish juda shirin. Lekin osmonlarda uchib yurishga hali erta. Yevropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritmoqchi bo'lsak, unda yanada sovuqqonlik va aql bilan futbol o'ynashimiz lozim. Bu bizning qo'limizdan keladi. Germaniya terma jamoasiga ishonaman.



