Tomas Tuxel: “G'alati tuyulsa ham, men juda xursand bo'ldim”
12 apr 2023 08:10
Yangiliklar


Tomas Tuxel: “G'alati tuyulsa ham, men juda xursand bo'ldim”
“Manchester Siti”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'yin haqida fikr bildirdi.
“Natijaga umuman qo'shilmayman — biz yaxshiroq bo'lgan hududlarda raqib bizni jazoladi. Bugun bizni qattiq jazolashdi.
Menga hisob 0:2 bo'lguncha juda yaxshi o'ynagandek tuyuldi. Natija haqida gapirishni istamayman. 70-daqiqagacha juda yaxshi o'yin ko'rdim.
O'ylaymanki, biz kamida bitta gol urishga haqli edik va 1-2 ta ortiqcha gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarimizga biroz ishonch va tayyorgarlik etishmadi.
Albatta, natija biz uchun yomon, lekin bugun jamoamga, yigitlarning o'yiniga biroz oshiq bo'ldim. G'alati tuyulsa ham, men juda xursand bo'ldim”,-dedi Tomas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar