So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Tomas Myuller: “Bavariya” – hayotimning katta qismi” Yangiliklar

Tomas Myuller: “Bavariya” – hayotimning katta qismi”

Tomas Myuller Bundesliganing rasmiy saytiga bergan intervyusida faoliyati va joriy mavsumdagi o'yinlari xususida berilgan savollarga javob qaytardi.


- 2015 yil ortda qoldi. Tarixga boqib, nimalarni o'ylayapsiz?

- Yil yomon o'tmadi. Sport tomonlama asosiy qismi yaxshi kechdi. Afsuski, CHempionlar ligasi va Germaniya Kubogida finalga chiqa olmadik. Yarim finalda kurashdan chetga chiqqanimizni hisobga olmasa, yil yaxshi o'tdi. Muxlislarimizni yig'lashdan ko'ra ko'proq kulishga chorladik. Lekin “Bavariya” hamma sovrinni yutmagan bo'lsa, barchasini yaxshilashi lozim.

- “Bavariya”da ajoyib o'yinlar bo'ldi, lekin Robert Levandovskining “Volfsburg” bilan 5 goli ko'proq yodda qoldi. O'sha o'yin yilning yorqin lahzalariga mos keladimi?

-SHubhasiz. Yorqin lahzalar ko'p bo'ldi. 2015 yil yaxshi saviyada futbol namoyish qildik. Joriy mavsumni ham ajoyib boshladik. Bir qator yangi futbolchilarga ega bo'ldik. SHu sababli boshqacha “Bavariya”ni ko'rdingiz. Mavsumning birinchi qismidan qoniqish hosil qildik. Endi 2016 yilda ham yaxshi holatda ekanimizni ko'rsatishni istaymiz.

-Bundesliganing birinchi davrasi qanchalik quvnoq o'tdi?

- 4 oy davomida har 4 kunda o'ynasang, quvnoqlik kafolatlangan. Albatta, bazi o'yinlar oldidan xursandchilikdan sakrashingga sabab bo'lmaydi. Lekin hakam o'yinni boshlashga hushtagini chalishi va to'pga birinchi tegishing bilan olam yana yangi ranglarga bo'yaladi. Maydonda yaxshi o'yinchilar bilan birga bo'lish zavq keltiradi. Bizda bir necha yildan beri shunday. Klub hamisha o'sishda davom etadi.

- Kingsli Komanning debyuti haqida nima deysiz?

- Kingslining o'zini bunday ko'rsata olgani hayratga soldi. 19 yoshda u juda mashhur emasdi. U juda yaxshi o'ynaydi va yoshi uchun jiddiy saviyali futbolchi.

-Dekabrda shartnomangizni uzoq muddatga uzaytirdingiz. Siz uchun “Bavariya” nimani bildiradi?

- Aytish qiyin, chunki bu erda ancha vaqtdan buyon o'ynayapman. Klub men uchun ko'p narsalarni anglatadi. 15 yildan beri klub azosi sanalaman. Oxirgi 6-7 yilda biz oldinga katta qadam tashladik. Sport natijalari bo'yicha Evropada eng yaxshilardan birimiz. Bolalikda o'zim muxlisi bo'lgan klub uchun o'ynash boshqacha. Yaqin-atrofda o'sdim va yoshlar jamoasida o'ynadim. Yoshlar jamoasining bo'lajak futbolchisi sifatida klubda yashab, nafas oldim. Lekin har yil barchasi boshidan boshlanardi. Yangi o'yinchilar, murabbiylar, ishtiyoq keladi. Hammasi doim o'zgarib boradi, lekin umuman olganda klub hayotimning katta qismidir.

- Pep Gvardiola klubni mavsum yakunida tark etishidan qanchalik xafa bo'ldingiz?

- Barchamiz uning qolishiga umid qilgandik, lekin ish shunday. U 3 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Uni ado etayotganingda yomon narsa yo'q. U yangi sinov xohlashini aytib o'tdi. Angliyada ishlashni istamoqda. Myunxen esa Angliya emas. SHuning uchun u shartnomasini uzaytirmadi. Hozir hammamiz birgalikda qolgan yarim yilda ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritish, odamlarni hayratlantirish va g'alabali lahzalarni tortiq qilish uchun intilamiz. Buning uchun mashq qilamiz, mashg'ulotni yurakni zabt etadigan o'yinlar sababli o'tkazamiz. Mavsum yakunida har uch to'yda raqsga tushishga urinamiz.

-Mavsumning birinchi yarmida eng yaxshi futbolchi kim?

- Boshqalar va o'zim haqimda unchalik ko'p gapirmayman. Buning uchun ko'p gapiryapman, shundaymi? (kuladi)

- Per-Emerik Obameyang nomzodlar orasida bo'ladimi?

- U bunday klubda o'ynamayapti.

- Qaysi jamoalar sizni birinchi davrada hayratga soldi?

- Har yili 1-2 jamoa ajablanishga majbur qiladi. Ikkinchi bundesligadan chiqqan jamoalarda bu yaxshi ko'rinish olmoqda. Bu kutilmagan holga aylandi. SHu bilan birga turnir jadvaliga boqib, bazi jamoalar kutilmaganda quyiga tushib qolganini ko'rish mumkin. Ko'pchilik yuqorida ko'rishni kutgan klublar quyida joylashgan. “Xoffenxaym”da bu mavsum muammolar mavjud. Lekin turnir jadvalini juda chuqur o'rganganim yo'q.

- SHaxsiy natijalaringizdan qoniqyapsizmi?

- Yaxshi holatdaman va o'tgan yilga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga egaman. Jamoadoshlarim yaxshi, ular mehribonliq qilib, hayotimni osonlashtirishyapti. Har bir o'yinchi boshqasiga ko'proq hudud berishga intilmoqda. Maydonda yaxshi o'yinchilar ko'p bo'lsa, boshqa har bir futbolchida erkin hudud shunchalik ko'p bo'ladi. Bu sir edi. Muhimi, jamoaning yaxshi o'ynashi. Levandovski va men yaxshi ishladik.

-“Bavariya”ga sovrin yo'lida kim qarshilik qilishi mumkin?

-“Borussiya”– bizning asosiy raqibimiz. Birinchi davraning oxirgi turi biz uchun ideal bo'ldi. Gannoverda qiyin holatga qaramasdan yutdik. Dortmundliklar esa “Kyoln”ga yutqazishdi. Rojdestvo tatiliga bu ideal scenariy bo'ldi. Biz istagan narsa ro'y berdi. SHuning uchun hozir 8 ochkolik farq kattadek ko'rinyapti. Futbolda hamma narsa tez sodir bo'lishi mumkinligini ham bilamiz. Lekin hech kimni oldinga qo'yib yuborishni xohlamaymiz. Rivojlanishda davom etishimiz kerak. O'yinlarimizni yutishimiz lozim. Bu esa o'ziga yarasha qiyin.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика