Tolisso "Bavariya"dan kelasi yozda erkin agent maqomida ketmoqchi
27 okt 2021 10:36
Yangiliklar
Tolisso "Bavariya"dan kelasi yozda erkin agent maqomida ketmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso jamoadan erkin agent maqomida ketmoqchi.
27 yoshli franciyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar bekor bo'ldi, futbolchining agenti o'yinchi uchun yangi klub topish bo'yicha ish boshladi.
Tolisso "Bavariya"da 2017 yilning yozidan beri o'ynaydi. Francuzning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum jamoa tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar