Tolibjonov va Ashurmatov BAAdagi saralash o'yinlarini kuzatishmoqda
18 may 2015 16:38
Yangiliklar


Tolibjonov va Ashurmatov BAAdagi saralash o'yinlarini kuzatishmoqda
Xabaringiz bor Birlashgan Arab Amirliklarida 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Osiyo chempionati saralash bosqichining "B" guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston futbol federaciyasi terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "B" guruhining saralash uchrashuvlarini kuzatishmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida 6 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallagan. Olimpiyachilarimizning to'plar nisbati +5. O'zbekiston U23 ushbu natijasi bilan ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida 5 jamoa bo'lib turibdi. Agar "B" guruhida 2 o'rin egasi bizdan yaxshiroq natija ko'rsatsa, 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Osiyo chempionati va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridan quruq qoladi.

Fikrlar