To'labek Akromov: “Bizda ham shunday shou tadbirlarini o'tkazsa bo'lar ekan-ku”
24 dek 2015 14:00
Yangiliklar
To'labek Akromov: “Bizda ham shunday shou tadbirlarini o'tkazsa bo'lar ekan-ku”
“Avvalombor mana shu tadbirni o'tkazgan sayt xodimlariga katta rahmat aytaman. Bunday tadbirlarni faqat internet orqali Evropa futbolchilari ishtirokida o'tkazilib kelinishini ko'rganman. Mana bizda ham shunday shoularni o'tkazsa bo'larkan-ku. Tadbir alo daraja o'tdi, xayriya akciyasining tashkilotchisi Nodirxo'ja Yuldashevga minnatdorchilik bildiramiz. O'yin ham tomoshabop o'tdi, Hasanjonga faqat sog'lik tilab qolaman, umri uzoq bo'lsin, operaciyadan so'ng uni albatta “Lokomotiv” bolalar maktabiga qabul qilishimizni otasiga aytib o'tdim. Hasanjon bilan maxsus dastur asosida futbol saboqlari beriladi, futbolchi bo'lmasa balkim etuk murabbiyi bo'lib etishsa ajab emas. Buning uchun biz qo'ladan kelagnicha yordam beramiz”, - deydi To'labek Akromov.
Fikrlar