Tokio shahar terma jamoasi “Bunyodkor” mehmoni bo'ldi Yangiliklar

Tokio shahar terma jamoasi “Bunyodkor” mehmoni bo'ldi

Teglar :  Bunyodkor
SHu kunlarda Tokio o'smirlar terma jamoasi O'zbekistonda mehmon bo'lib turishibdi.

Jumladan, “kun chiqar yurt” vakillari o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish maqsadida Toshkentga tashrif buyurdi. 

Kuni kecha ular “Bunyodkor” futbol Akademiyasining 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoalari bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Bo'lajak bahs oldidan yaponiyalik o'smirlar “Bunyodkor” futbol klubining muzeyini ko'zdan kechirishdi. SHuningdek, futbol maydonida suratga tushishdi. “Bunyodkor” futbol Akademiyasi rahbariyati va Tokio shahar o'smirlar terma jamoasi vakillari o'rtasida o'zaro suhbat bo'lib o'tdi. 

Endi qisqacha yakuniga etgan bahs xususida to'xtalsak: Keskin va murosasiz kechgan har ikkala qarama-qarshilikda ham yaponiyalik yosh futbolchilar bir xil 1:0 hisobida zafar quchishdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 mar 23:22:52
Davronbek Abduvaliev
Furqat Oxunjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bizda Bunyodkor stadioni bor deb faxrlanib yuramiz
Хааа албатта шундай.
   
25 mar 12:38:15
Furqat Oxunjonov
Bizda Bunyodkor stadioni bor deb faxrlanib yuramiz
   
25 mar 12:20:14
Buran Urazmatov
Тошкент терма жамоаси хам борми. Қанақа терма бўлди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика