So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Tojikiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi: "Birinchi o'yindagi 5:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning o'ziga kelishi qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Tojikiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi: "Birinchi o'yindagi 5:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning o'ziga kelishi qiyin bo'ldi"

Kecha U-23 Osiyo chempionatining 3-tur bahslari yakuniga etdi va unda Yaponiya U-23 Tojikiston U-23 ustidan yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Tojikiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Asliddin Habibulloev ishtirok etdi.

-O'yin haqida fikrlaringiz...

-Avvalambor Yaponiya jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz raqib kuchli ekanligini bilar edik. Futbolchilarimizda o'zlarini ko'rsatishga hali imkoniyat bo'ladi.

-Jamoangiz 3 ta o'yinda 10 ta gol o'tqazib yubordi va bitta ham gol ura olmadi. Jamoangiz bu musobaqaga qanchalik tayyor edi deb o'ylaysiz?

-Saralash bahslarida ishtirok etgan asosiy futbolchilarimiz hozirda milliy jamoa bilan birga. SHuning uchun bizda o'yinchilarni o'rnini to'ldirish bilan muammo bo'ldi. Hozirgi tarkibimizdagi futbolchilar Tojikistonda o'z tengqurlari ichida eng zo'rlari hisoblanadi.

-Jamoa uchun yomon yakunlangan bu musobaqadan keyin ham siz jamoa murabbiyi bo'lib ishlashda davom etasizmi?

-Bu turnir biz uchun yakuniga etdi. Endi men o'z klubim haqida bosh qotiraman. SHu hafta yakunlangandan keyin terma jamoa murabbiyligida qolish qolmasligimni o'ylab ko'raman.

- Sizning jamoangiz bu turnirda "o'lim guruhida" harakat qildi va siz bu guruhda 3 ta o'yin o'tkazdingiz. Qaysi jamoa bilan o'yinda sizga qiyinroq bo'ldi?

-Bu asosiy tarkib bilan hamma o'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Birinchi o'yindagi 5:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoani o'ziga kelishi qiyin bo'ldi. SHuning uchun ham, qolgan o'yinlarda mag'lub bo'ldik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика