Tojikiston – Rossiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi
01 noy 2022 13:28
Yangiliklar


Tojikiston – Rossiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi
Uchrashuv bosh hakami OFK hakamlarining elit toifasiga kiritilgan o'zbekistonlik 38 yoshli FIFA referisi Ilgiz Tantashev bo'ladi. Unga qanotlarda – FIFA referisi assistentlari 40 yoshli Timur Gaynullin va 35 yoshli Andrey Capenko yordam beradi.
Tojikiston – Rossiya o'rtoqlik o'yini 17 noyabr kuni Dushanbedagi Respublika Markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
O'rtoqlik o'yini
17 noyabr (payshanba)
Tojikiston – Rossiya
Dushanbe. Respublika Markaziy stadioni. 20:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko (ikkisi – O'zbekiston)
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec qo'l ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham 20 noyabr kuni Rossiya bilan o'rtoqlik bahsida ro'baro' kelishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar