So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  28 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Markaziy Osiyo derbisida o'zbekistonlik mutaxassis rossiyalik murabbiyni dog'da qoldirdi Yangiliklar

Markaziy Osiyo derbisida o'zbekistonlik mutaxassis rossiyalik murabbiyni dog'da qoldirdi

Jahon chempionati saralash bosqichi 1-tur doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozondi.

Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)


Uchrashuvni agressiv o'yin bilan boshlagan Qirg'iziston terma jamoasi dastlab standart vaziyatlariga ega bo'ldi. Xavfli chiqqan mazkur jarima zarbalarini muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchi topilmadi. SHundan so'ng mezbonlar o'z o'yin uslublariga muvofiq to'p nazoratini qo'lga olgan holda kombinacion o'yin qurishni boshlashdi. Qisqa uzatmalar orqali hujumga o'tishni boshlagan Tojikiston mehmonlar himoyasini doimiy bosimda ushlab turishga kirishishdi. Natijada ketma-ket sodir etilgan hujumlar nihoyatda xavfli va keskin ko'rinish oldi. Dastlab Ehsoni Payshanbe, keyinchalik Muhammadjon Raximovning juda xavfli zarbalarini qaytarib, jamoasi joniga oro kirgan Pavel Matyash birinchi bo'lim yakuniga qadar yana ikki bor darvozasini muqarrar gollardan qutqardi. Ayniqsa yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Parviz Umarboevning zarbasini, biroz o'tib esa jarimadan yo'llangan kuchli zarbani qaytargan Matyash yana vaziyat qahramoniga aylandi. Bu orada esa Qirg'iziston ham tezkor qarshi hujumlar va standart vaziyatlari orqali raqib darvozasi tomon xavf solib turdi. Ayniqsa Mirlan Murzaevning yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib mehmonlar quvonchini bir uyg'otib yuborgan bo'lsa, mezbonlar muxlislarini katta hayajonda ushladi.


Bir qarashda birinchi bo'lim Matyashning qahramonligi evaziga durang natijasi bilan tugaydigandek taassurot qoldirayotgandi. Biroq bunga Tojikiston tarkibida insayd rolida, yani hujumchi ortida o'ynagan xavbek Alisher Jalilov ko'nmadi. CHiroyli ijro etilgan kombinacion hujum Alisher Jalilovning aniq zarbasi bilan yakunlanib, stadionga tashrif buyurgan muxlislar yuzida quvonch paydo qildi. SHu tariqa mezbonlar ustunligi ostida o'tgan birinchi bo'lim Tojikiston foydasiga tugadi. 


Hozircha tanaffus.


Ikkinchi bo'limda ham muxlislar hujumkor va tajovuzkor futbol guvohiga aylanishdi. O'yin tizgini mezbonlar qo'lida bo'ldi. Natijadan kelib chiqib harakat qilgan Tojikiston ikkinchi bo'limda mudofaa chizig'ida tartibli o'ynadi. Qirg'izistonning hujumdagi urinishlari esa besamar ketdi. Qayd etish kerakki, Pavel Matyashning jonbozligi va qator seyvlari tufayli ikkinchi taymda Qirg'izistondan o'z darvozasidan boshqa to'p olib chiqmadi. Uchrashuvda eng faol va yorqin o'ynagan, jamoasining g'alaba to'pi muallifiga aylangan Alisher Jalilov o'yinda dubl yoki xet-trik qayd etishi ham mumkin edi. Biroq hali aytganimizdek, Matyash bugun haqiqiy qahramonlarga xos ravishda qo'lqoplarini kiyganini namoyish etdi. 


O'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev qo'l ostida qo'shni Tojikiston boshqa bir ko'shnilarimiz Qirg'iziston ustidan minimal, lekin o'yin taraflama ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, JCH-2022 saralash bosqichini g'alaba bilan boshlashdi.

JCH-2022 saralash bosqichi, "F" guruhi.

1-tur.

5 sentyabr, payshanba.

Tojikiston - Qirg'iziston 1:0

Dushanbe, "Varzishgohi Markazi" stadioni.

Gol: Alisher Djalilov - 42'.

Hakamlar: Adham Mohammad Maxadmeh (Iordaniya).

Nazoratchi: Kadxum Auda Lazim Al-Saedi (Iroq)

Komissar: Bachir CHafik Abdul Xalek (Livan).

Tojikiston - 1.Rustam Yatimov, 4.Xurshed Beknazarov, 5.Iskandar Jalilov, 6.Davronjon Ergashev, 7.Parvizjon Umarboev, 10.Alisher Xalilov, 11.Muhammadjon Raximov, 17.Payshanbe Ehsoni, 19.Adham Nazarov (sardor), 20.Amirbek Jo'raboev, 21.Manuchehr Xalilov.

Zaxira: 23.Dilshod Dodoboev, 2.Manucher Safarov, 3.Davlatmir Tabrezi, 8.Karamatullo Saidov, 9.SHarofjon Solihov, 12.Jahongir Ergashev, 13.Zoir Jo'raboev, 14.SHeriddin Boboev, 15.Ilhom Baratov, 16.SHohruh Qirg'izboev, 18.Kamron Tursunov, 22.Otabek Karimov.

Qirg'iziston - 1.Pavel Matyash, 3.Tamirlan Kozubaev, 7.Azamat Baymatov, 9.Edgar Bernxardt (sardor), 10.Mirlan Murzaev, 11.Bekjon Saginbaev, Qayrat Zirgalbek, 19.Vitaliy Lyuks, 20.Baxtiyor Duishobekov, 21.Farhod Musabekov, 23.Ahlidin Israilov.

Zaxira: 13.Qutman Qadirbekov, 16.Valeri Kashuba, 2.Aleksandr Mishchenko, 4.Mustafo Yusupov, 5.Andrey Doljenko, 8.Abay Bokoleev, 12.Odiljon Abduraxmonov, 14.Ernst Batirkanov, 15.Murolimjon Ahmedov, 17.Tursunali Rustamov, 22.Alimardon SHukurov.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика