So’nggi yangiliklar

20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  0 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  8 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  3 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  2 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  1 16:44Big name, Big team, Big coach...  30 16:19"Футбол олами". "Ҳакам юзи ёрилган футболчини кўрди ва... контакт йўқ деди..."  1 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  13 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  8 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0

Tohir Madrahimovni xotirlab... Yangiliklar

Tohir Madrahimovni xotirlab...

Qirq yildan ziyod tarixga ega bo'lgan Namanganning “Navbahor” jamoasida ko'plab mashhur va taniqli futbolchilar o'ynashgan hamda ularning ko'pchiligi muxlislar qalbidan chuqur joy olishgan. SHunday futbolchilar qatorida Tohir Madrahimov ham bor.

1975 yilning 26 dekabrida Namangan viloyatining CHortoq tumanida tug'ilgan Tohir Madrahimov futboldagi ilk saboqlarni chortoqlik taniqli murabbiy Abdullo Jo'raboevdan oldi.

Takidlash joizki, Zafar Musaboev, aka-uka Rashid va Mirzohid G'ofurov, Obid Jo'raboev, G'iyosjon Komilov, aka-uka Azam hamda Anvar Hafizovlar ham mazkur mutaxassisning shogirdlari hisoblanishadi.

Tohir Madrahimov futbolchilik faoliyatini 1991 yilda Xalqobodning “Sohibkor” jamoasida boshlaydi. Bir yildan so'ng esa viloyatning bosh jamoasi “Navbahor”ga taklif etiladi.


Aytish lozimki, ampluasi yarim himoyachi bo'lgan Tohir Madrahimov namanganliklar tarkibida jami 12 mavsum davomida o'ynab (1992 yilning 1-davrasi, 1993 yil, 1995 yilning 2-davrasi, 1996-2003 yillar, 2005 yil), jami 259ta o'yinda maydonga tushgan va 15ta gol muallifiga aylangan.

SHuningdek, mahoratli futbolchi “Navbahor”dan tashqari, “Navbahor-2” farm-klubi (1992 yilning 2-davrasi), Toshkentning MHSK (1994 yil - 1995 yilning 2-davrasi), Toshkentning “Lokomotiv” (2004 yil), bundan tashqari, CHortoqning “Neftchi” (2-liga, 2006-2008 yillar) jamoalarida ham to'p surgan.

1996 yili, yani “Navbahor” chempionlikni qo'lga kiritgan mavsumda Tohir Madrahimov 26ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 6ta to'p kiritgan hamda jamoaning oltin medalni qo'lga kiritishiga o'zining munosib hissasini qo'shgan.


SHuningdek, 2005 yili Namanganda “Neftchi”ga qarshi o'tkazilgan “vodiy derbisi” bahsida aynan uning goli evaziga “lochinlar” 1:0 hisobida g'alaba qozonganliklarini ham “Navbahor”ning ko'plab muxlislari yaxshi eslashadi.

"Navbahor"dagi yorqin o'yinlari tufayli O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan mahoratli yarim himoyachi milliy termamizda 5ta o'yin o'tkazgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, Tohir Madrahimov murabbiylik sohasida o'z faoliyatini boshlaydi.


U CHustning “Paxtakor” (2011 yil), “Navbahor”ning o'rinbosarlar tarkibi (2012-2014 yillar), Uychining “Xotira-79” (2015-2016 yillar) jamoalariga murabbiylik qildi.

2016 yili “Navbahor” chempion bo'lganligining 20 yilligi munosabati bilan o'ziga xos futbol shousi tashkil etilib, unga 1996 yili chempionlik unvonini qo'lga kiritgan ko'plab futbolchilar taklif etilishgan hamda “Navbahor”ning o'sha paytdagi tarkib azolariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi.

Jangovar durang, yani 4:4 hisobida yakunlangan o'sha o'yinda Tohir Madrahimov ham sobiq jamoadoshlari bilan birga maydonga tushgandi.


Afsuski, beshafqat o'lim Tohir Madrahimovni 2017 yilning 22 aprel kuni oramizdan olib ketdi.

Bugun uning vafot etganiga 3 yil to'ldi.

Namangan futboli va “Navbahor” tarixida o'ziga xos iz qoldirgan Tohir Madrahimovning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика