"Tobol" - Qozog'iston Superkubogi sohibi!
25 fev 2024 19:42
Yangiliklar
"Tobol" - Qozog'iston Superkubogi sohibi!
Qozog'istonda futbolning yangi mavsumi odatga ko'ra Superkubok uchun bahs bilan boshlandi.
O'yin sifatiga ob-havo, maydon holati singari faktorlar tasir o'tkazmasligi uchun uchrashuv Antalyada o'tkazildi.
Bundan bir necha kun avval aynan shu raqiblar Qozog'iston futbol ligasi qishki kubogi finalida ro'baro kelgandi. Qizig'i, har ikki safar g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Biroq o'rtoqlik maqomidagi musobaqada "Ordabasi" zafar quchgan bo'lsa, Superkubok "Tobol"ga nasib qildi.
"Ordabasi" safidagi ikki hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda SHohboz Umarov o'yinda to'liq harakat qilishdi.
Qozog'iston Superkubogi.
25 fevral. Antalya. "Titanik Mardan" stadioni.
Bosh hakam - Bulat Sariev (Uralsk).
"Ordabasi" - "Tobol" - 1:1.
Penaltilar seriyasi - 4:5.
Gollar: Makarenko, 45+1 (1:0). Miladinovich, 64 (1:1).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar