So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Timur Vasilev: "Bizda taniqli futbolchining o'zi yo'q" Yangiliklar

Timur Vasilev: "Bizda taniqli futbolchining o'zi yo'q"

Kecha Toshkentning "Obod" klubi o'z uyida Buxoroning "Buxoro" jamoasini qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu bahsdan so'ng "Obod" klubi sardori Timur Vasilev o'yind haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Barcha futbol muxlislari yaxshi biladi, "Obod" jamoasi qayta jonlandi.15-20 kun ichida yangi futbolchilarni jamoaga jalb qildik. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p. Qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiryapmiz. Hozirgacha 3ta o'yin o'tkazdik. "Buxoro" bilan bo'lgan uchrashuvda ko'p vaziyatlar yaratdik, faqat ulardan ikkitasidan foydalandik. 

Omad bizdan biroz yuz o'girdi. "Buxoro" jamoasi anchadan beri oliy ligada ishtirok etib kelmoqda. Bir qator tajribali futbolchilari bor. Bizda esa taniqli futbolchining o'zi yo'q. Keyingi turda "Bunyodkor"ga qarshi safarda bahs olib boramiz. Bu futbol, shuning uchun ham har qanday raqibga qarshi o'ynash kerak. "Qaldirg'ochlar"ga qarshi uchrashuv oldidan yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlaymiz va ularni bartaraf etamiz", - deydi  Timur Vasilev


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика