So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Timur Sadirov: "Finalga O'zbekistonning eng kuchli ikki jamoasi chiqdi" Yangiliklar

Timur Sadirov: "Finalga O'zbekistonning eng kuchli ikki jamoasi chiqdi"

Kecha, 12 dekabr kuni futzal bo'yicha XXIII O'zbekiston milliy chempionati yarim final uchrashuvlari yakuniga etdi.

Unga ko'ra, amaldagi chempion AGMK hamda "Paxtakor" jamoalari finalga yo'l olishdi. Ikkinchi kungi bellashuvda "Nasaf"ni 6:3 hisobida mag'lub etgan "sherlar" o'yinchisi Timur sadirovning fikrlari bilan qiziqdik.

Foto Futzal. "Paxtakor" "Nasaf"ni ikkinchi bahsda ham engdi va ikkinchi finalchiga aylandi


- Bugun muxlislarni zeriktirmaydigan o'yin bo'ldi deb o'ylayman. "Nasaf" azaldan noqulay raqib bo'lib kelgan. "Nasaf"ni hisob qanday bo'lmasin oxirigacha kurashadigan jamoalardan biri deb hisoblayman. O'yinda ustunlik biz tomonda bo'ldi. O'yinlar orasi juda qisqa, shu sabab ko'p jarohat olganlar bor, jarohatlanganlarni tiklanishiga vaqt etmayapti. CHunki, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak. SHunga qaramay haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdik.

- Nima uchun raqib o'yinchilari bilan ko'p tortishasiz?
- O'zingiz bilasiz futbol, futzal yakka kurashlarga boy sport turi. Hamma g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Lekin hech kim kimgadir atayin jarohat etkazish uchun tushadi deb o'ylamayman. Ammo, "qattiq" va qo'pol o'yinni farqiga bormaydigan bazi futzalchilar bor. Demoqchimanki, atayin orqadan yoki qastdan jarohat etkazmoqchi bo'ladi. Balki, qizishib raqiblar bilan tortishib ketishimga shu sababdir.

- Finalda AGMK bilan o'ynaysizlar. Final haqida fikrlaringiz?
- Finalga hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli ikkita jamoasi chiqdi deb o'ylayman. Final kurashlarga boy kechishi tabiiy. Muxlislarga yoqadigan final o'yini bo'ladi deb o'ylayman.

- AGMKga guruh bahslarida yutqazgansizlar. Finalda yutishga imkoniyatilar etadimi?
- Ha, oxirgi o'yinda 3:2 hisobda yutqazganmiz. Bunday jamoalar bilan xatolar qimmatga tushadi. Qaysi jamoa kamroq xato qilsa shu jamoa g'olib bo'ladi. O'tgan bahsda o'zimizning xatolar tufayli mag'lub bo'lgandik. Finalga keladigan bo'lsak olmaliqliklar yaxshi shakllangan. Qolaversa, terma jamoa asosini ham shu jamoa tashkil qiladi. Agar asosiy o'yinchilarimizning jarohatlari tufayli kamchilik bo'lib maydonda harakatlanishimiz pand bermasa, albatta g'alaba qozona olamiz. Finalda barchamiz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.


Eslatib o'tamiz, Timur kecha bo'lib o'tgan ikkinchi kungi uchrashuvda qarshiliklar darvozasiga kiritilgan oltinchi golga mualliflik qildi.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика