Timur Kapadze Xitoyga olib ketgan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2023, 23:05
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yakunlab, Xitoyga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'l oldi.

Mazkur uchrashuvlarga 24 nafar futbolchi jalb etildi. Zafarmurod Abdirahmatov betobligi sababli yig'inni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.


Tarkib


Darvozabonlar: Nazarov ("Neftchi"), Abdunabiev ("Olimpik"), Boymurodov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Xamraliev ("Paxtakor"), Begimov (OKMK), Abdumajidov ("Olimpik"), Axrorov ("Turon"), O'tamurodov ("Nasaf"), Rahimjonov ("Olimpik"), Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Mirsaidov ("Olimpik").

Yarim himoyachilar: Rahmonaliev ("Rubin"), Muxtorov ("Olimpik"), Ibrohimov ("Olimpik"), Bo'riev ("Olimpik"), Ibragimov ("Metallurg"), Jaloliddinov ("Olimpik"), Askarov ("Paxtakor").

Hujumchilar: Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), Xoshimov ("Neftchi"), Norchaev ("Alaniya"), Odilov ("Olimpik"), Jiyanov ("Olimpik"), Xoldorxonov ("Paxtakor").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz