So’nggi yangiliklar

08:58Маркус Рэшфорд қайси жамоага ўтиш нияти борлиги айтилди  0 08:29«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  0 08:00Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган илк клуб аниқ  0 07:31Саудия Арабистони чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  2 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  9 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  12 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  2 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  6 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  6 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20

Timur Kapadze: "U-23 Osiyo Kubogida OAV va muxlislar bilan bir tan-u bir jon bo'ldik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "U-23 Osiyo Kubogida OAV va muxlislar bilan bir tan-u bir jon bo'ldik"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Olimpik" (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Kurashlar va imkoniyatlarga boy uchrashuv bo'ldi. G'alaba qozonishni istagandik, ammo durang o'ynadik. "Metallurg"ning kuchli va kuchsiz taraflarini bilardik. Yigitlar raqibga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Umuman olganda, 1 ochko ham yomon emas. Endi etiborimizni keyingi bahslarga qaratamiz.

- "Olimpik" 7 kun ichida 3 ta muhim o'yin o'tkazdi. Jamoani bunga qanday tayyorladingiz?

- To'g'risini aytsam, bunga o'rganib qoldik. U-23 Osiyo Kubogida ham zich taqvimda o'yin o'tkazdik, hozir ham. Qoldirilgan o'yinlarda baribir qachondir o'ynashimiz kerak. Imkon qadar rotaciyaga qo'l uryapman. Bazida jismoniy va ruhiy tomondan qiynalyapmiz. CHunki har bir o'yinda qiyinchilik bo'ladi. Umuman, hammasi yaxshi. Barchasi bizga katta tajriba bo'lyapti. AGMK, "Metallurg", "Nasaf" va "Navbahor"... deyarli hamma liderlar bilan o'yin o'tkazishimizga to'g'ri keladi. SHunga qaramasdan, yigitlarimiz o'zini yaxshi tutishmoqda. Yaxshi o'ynashyapti va kerak bo'lsa ulardan ham ustun kelmoqda. 

- Ruslan Jiyanovning o'yini haqida fikringiz qanday? U-23 Osiyo Kubogidan keyin charchagandek... 

- Buni kutsak bo'lardi. Mashg'ulotlarda yaxshi ko'ringandi, ammo futbolchilarimiz Osiyo Kubogidan so'ng ruhiy tarafdan ham charchashgan. Ruslanni yaxshi bilaman, u imkoniyatlardan unumli foydalanishni biladi, ammo bugun ko'p vaziyatlarni yo'qqa chiqardi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda jismoniy holatini tiklab oladi. Uning potencialini yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, buyog'iga hammasi yaxshi bo'ladi.

- Bosh hakam bir xil vaziyatda ikki xil qaror chiqardi. Masalan, Abror Toshqo'zievga ikkinchi sariq kartochkani berib, maydondan chetlatishi kerak edi. CHunki o'yin so'ngida xuddi shunday holatda Muhammadaziz Ibrohimovga ikkinchi sariqni berib, maydondan chetlatdi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Albatta, Ibrohimov qizil kartochka olgani yaxshi bo'lmadi. To'g'ri, u erda so'nggi umid foliga yo'l qo'yilgandi. Menimcha, birinchi taymda  ham ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi. O'ylaymanki, komissar va masullar buni ko'rib chiqishadi. 

- Ertaga "ommaviy axborot vositalari kuni". SHu munosabat bilan ularga tilaklaringiz...

- Nima deymiz, omavviy axborot vositalari xodimlari sog'-salomat bo'lishsin. U-23 Osiyo Kubogida bir tan-u bir jon bo'ldik. Muxlislar bilan ham, OAV bilan ham. Aslida hamisha shunday bo'lishi kerak. Vatan jamoasi o'ynaganda birlashishimiz lozim. Ular biz bilan bo'lishgani uchun rahmat aytaman. Futbolimiz o'sishida ularning hissasi katta. Tabriklayman!

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика