So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  14 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Timur Kapadze: "Ularning futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga zarba berib qoldi, uning burni sindi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Ularning futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga zarba berib qoldi, uning burni sindi"

"Olimpik" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Olimpik" ustozi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin yaxshi o'tdi, har ikki jamoa ham o'z rejasi bilan tushgani ko'rindi. Birinchi uchrashuvdan keyin biz ham ularni o'rgangandik. O'z navbatida ular ham jamoamizni o'rgangan bo'lishi kerak. 

Ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi. 

Lekin, afsuski VAR orqali penalti qo'yildi va gol urildi, penalti bormidi yoki yo'q? Bilmayman. Bu borada savollar bor. Bizning hujumimizda esa penalti berilmadi, darvozabon futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatgandi. Bu vaziyat o'yinni buzdi deb o'ylayman. Bunday oson penaltilar qo'yilmaydi. 

Qizil kartochka haqida gapirsak, bunday holat ularda ham bo'lgandi. Hakam Turdalievni kechirdi, bizning futbolchini esa kechirmadi. 

Ularning futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga zarba berib qoldi, uning burni sindi. Alam qilayotgani - o'z o'yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi. Bazi sabablar yigitlar ruxiyatiga tasir qildi.

Hakamga katta etiroz yo'q, u yosh hakam. VARda esa tajribali hakam o'tirgandi. U vaziyatni ko'rib chiqqan holda hulosa qilishi kerak edi.

- Jasur Jaloliddinov o'tgan yili maydon markazida katta hajmda ish bajarayotgandi. Uning yo'qligi bilinib qolmoqda...

- Jasurning o'rni albatta o'zgacha. U individual mahorati evaziga har bir jamoani kuchaytira oladi. Uning o'rnidagi boshqa yigitlarimiz ham yomon o'ynashayotgani yo'q. O'yindan-o'yinga ular kuchayib borishadi. Ular yaxshi o'ynashdi. 

O'yin oson o'tmadi, bunday himoyani yorib o'tish uchun individual mahorat va boshqa jihatlar kerak bo'ladi. Ammo bugun kamida bitta gollik vaziyat yaratgandik. Afsuski gol ura olmadik va penaltidan gol o'tkazib yubordik.




- "Olimpik" raqibdan yaxshiroq o'yin ko'rsatgandek ko'rindi. Nima sababdan futbolchilaringiz uzoqdan zarba bermay, darvoza tomon yorib kirmoqchi bo'lishdi?

- To'g'ri aytasiz. Etibor bergan bo'lsangiz, bu narsadan maydonda o'zimning ham jahlim chiqdi. Bu tajriba orqali keladigan narsa. Bazi vaziyatlarda uzoqdan zarba berish orqali hujumni yakunlash mumkin edi.

Zarba bermasa qanday gol urish mumkin? O'yin darajasi, yoki boshqa jihatlar balki yigitlarga tasir qilgandir. Mavsum endi boshlandi. Mamasidiqov ham jarohatdan endi qaytdi. 

Bazi yo'qotishlarimiz bor - markaziy hujumchilarimizning ikki nafarida jarohat bor. Bugun yosh himoyachimiz Behruz Jumatovni maydonga tushirdik. U o'zini yaxshi ko'rsata oldi. U uchun xursandman. O'yinni buzib qo'ymay, yaxshi o'ynab berdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика