So’nggi yangiliklar

16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  0 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  1 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1

Timur Kapadze: "Sovg'adan foydalana olmadik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Sovg'adan foydalana olmadik"

Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

"O'yin kutilmagan tarzda o'tdi. Albatta, yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Bunyodkor" uchun har bir o'yin finalga teng, ochko zarur. Qaysidir manoda, qizil kartochkalar o'yin fonini o'zgartirdi deya olaman. G'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz yaxshi edi. "Bunyodkor" deyarli bir yarim taym himoyalandi. Darvozaboni ham munosib o'yin ko'rsatdi. Biz sovg'adan foydalana olmadik. Bunday o'yinlar ham bo'ladi. "Bunyodkor" jamoasiga omad tilayman. Ularda ham vaziyat yaxshi emas. Yo'q joydan qizil kartochka olishdi. Bu o'yindan to'g'ri xulosa chiqaramiz. Qaerdadir tajriba, mahorat etishmadi",- deydi Kapadze. 

- "Olimpik" birinchi bo'limda sust o'yin ko'rsatdi, agressivlik, tezlik qo'shgani yo'q. "Bunyodkor" ham yuqori tempga o'tmadi. Jamoangiz bundan foydalanib yuqori pressingda o'ynashiga nima etishmadi? Uzun paslar esa foyda keltirgani yo'q...

- Qo'shilmagan bo'lardim. O'yinni yaxshi boshlamaganimiz aniq, kirishishga qiynaldik. 11 kishi bo'lib oxirigacha harakat qilganida boshqacha xulosa chiqarish mumkin edi. Qizil kartochkadan so'ng ustunlik jamoamizga o'tdi. SHoshilmasdan imkoniyatimizni kutishimiz kerak edi. Ayrim joylarda pas orqali, yana boshqa vaziyatda uzun uzatmalar bilan zich himoyani ochishga intilishdi. 

- Ikkinchi bo'limda hujumchilardagi etishmagan sovuqqonlikni qanday izohlaysiz? Otabek Jo'raqo'zievda pasayish bo'lyapti, qolganlardachi?

- Otabek o'yinga yaxshi qo'shildi. Gol ham urdik, imkoniyatlar yaratdik. Individual mahorati bor. "Bunyodkor" jamoasi himoyachisi, darvozaboni yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Qolgan jamoalarni ko'rsangiz ham tajribali himoyachilar imkoniyatlardan foydalana olmayapti. Omadsizlik, bosim to'sqinlik qilayotgandir. Hujumchi vaziyatdan foydalana olmasa o'ziga ham, jamoaga ham zarar. 

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qachon yig'inga kirishadi?

- Iyul oyining taxminan 3-4 sanasida yig'inni boshlaymiz. Keyin esa 10-11 sanada safarga ketamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика