Timur Kapadze: "Saralashdayoq kuchli raqib bilan o'ynashimizning hikmati bor"
25 may 2023 15:32
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Saralashdayoq kuchli raqib bilan o'ynashimizning hikmati bor"
"Qura bo'lib o'tdi, raqiblarimiz malum. Albatta guruhdagi uchta raqib orasida eng jiddiysi Eron. Lekin bu erda qo'rqadigan joyi yo'q, deb o'ylayman. Nasib qilsa, uyda o'ynaymiz. Birinchi o'rin bilan chiqishga harakat qilamiz. Tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz aniq. Osiyo kubogiga yo'llanma olib, u erdan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak.
Eron bilan oxirgi turda o'ynaymiz. Guruh g'olibligi uchun ular bilan kurash olib borishimiz aniq. O'tgan Osiyo kubogida Eron bilan guruhda to'qnash kelgan edik. Ozmi-ko'pmi malumotga egamiz. Afg'oniston va Gonkong haqida malumot to'playmiz. Bizga Eron tushganining hikmati bordir, kuchli raqib balki kamchiliklarimizni ko'rsatib berar. Kuchimiz va imkoniyat darajamizni bilamiz. O'sha pallada optimal formada bo'lib, yaxshi natija bilan muxlislarni xursand qilamiz",- deydi Timur Kapadze.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar