So’nggi yangiliklar

10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  2 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  6 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  2 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  0 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   7 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  14 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  33 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  34

Timur Kapadze: "Raqib tartibli o'ynagan bo'lsa-da, vaziyatlar yarata oldik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Raqib tartibli o'ynagan bo'lsa-da, vaziyatlar yarata oldik"

Ispaniyaga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston Olimpiya termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Umarali Rahmonaliev o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin yaxshi bo'ldi. Ikki jamoa ham tezkor futbol ko'rsatdi. Har taraflama foydali o'yin bo'ldi deya olaman. Futbolchilarni sinab olishga ham ulgurdik. Raqib kuchini ham ko'rib oldik. Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman, sababi ikki jamoa ham xavfli vaziyatlar yaratdi. Ushbu o'yinni tahlil qilib chiqamiz va hulosa chiqaramiz.

Umarali Rahmonaliev: - O'yin qiziqarli kechdi. Ispaniya terma jamoasini o'yindan avval tahlil qilib chiqqandik. Bugun har bir raqibga qarshi bemalol o'ynay olishimizni isbotladik.

- Bugungi uchrashuvda gol ura olmadik. Bugun hujum chizig'imizga nima etishmadi?

- Raqibimiz ancha tartibli o'yin namoyish etdi. Lekin biz vaziyatlar yarata oldik. Birinchi taymda bir nechta vaziyatlarimiz bor edi. Ayrim vaziyatlarda to'pni ko'proq ushlab yubordik. Vaziyatlarni yakunlaydigan futbolchi topilmadi. Raqib ham ko'p vaziyatlar yaratishga yo'l qo'ymadi. Ko'p zarbalarimizni bloklay olishdi.

- Saidazamat Mirsaidov o'yinning dastlabki daqiqalarida jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning jarohati qanchalik og'ir?

- O'yindan avval barcha futbolchilarga imkoniyat bermoqchi edim. Saidazamatning jarohati unchalik og'ir emas. Uning o'rniga maydonga tushgan futbolchi ham yaxshi xarakat qildi va uning maydonda yo'qligini bildirmadi.

- Maydon markazi har doim kuchli bo'lgan Ispaniyaga qarshi o'ynash qanchalik og'ir kechdi?

Umarali Rahmonaliev: - O'zingiz takidlab o'tganingizdek Ispaniya terma jamoasining yarimhimoyachilari har doim juda yuqori darajali futbolchilar bo'lishgan va men bundan habardor edim. Mening fikrimcha barcha jamoalarga qarshi o'ynay olamiz. Faqatgina ishtiyoq bo'lish kerak. O'zbek futbolchilari butun jahonda o'z nomiga ega faqat biz buni maydonda isbotlashimiz kerak. Albatta o'yin davomida qiyinchiliklar bo'ldi, ammo mening fikrimcha bugun ularga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik.

- Bizning gollarimiz ko'proq individual mahoratga bog'liq bo'lib qolmayaptimi?

- Hujumda individual harakat bo'lmasa vaziyatlar yaratish qiyin masala. To'p hujumchiga etib kelgunga qadar butun jamoadan o'tadi. Himoyani yorib o'tish uchun ko'proq individual harakatlarni amalga oshirish kerak. Bugun yigitlar biroz ko'proq to'pni o'zlarida ushlab yuborishdi. Biz jamoaviy kombinaciyalardan ham ko'p foydalanamiz.

- Yig'inlarda kerakli futbolchilarni har doim ham tarkibga jalb qila olish imkoniyati bo'lmayapti. Bu sizga qanchalik noqulaylik tug'dirmoqda?

- Birinchi navbatda futbolchilarning kattalar milliy terma jamoaga jalb etilayotgani quvonarli. Biroq ular terma jamoada asosan zaxirada qolib ketishmoqda, bizda esa ular ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishar edi. Milliy terma jamoa hammadan ustun. Terma jamoaga jalb etilgan futbolchilarni o'rini bosa oladigan o'yinchilarimiz bor.

- FIFA kunlaridan tashqarida Olimpiya terma jamoasi yig'iniga yo'l olishingiz uchun klub bilan kelishmoqdasiz?

Umarali Rahmonaliev: - Mening shartnomamda bunday band yo'q. Terma jamoaga jalb etilsam, klubim bilan kelishib olaman yoki associaciya hodimlari aloqaga chiqishadi va muzokara olib borishadi. Biz futbolchilar askarlarga o'xshaymiz, faqat biz vatanimiz sharafini maydonda himoya qilamiz.

- Birinchi va ikkinchi bo'limda tarkiblarning qaysi biridan ko'proq qo'nglingiz to'ldi?

- Yig'inga jalb etilgan barcha futbolchilar men uchun eng zo'rlari. Ikki tarkibimiz ham yaxshi o'yin namoyish etdi. To'g'ri xatolar ham bo'ldi, ammo xatolar ustida ishlaymiz va ularni to'g'irlaymiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика