So’nggi yangiliklar

21:08"Насаф" Самарқандда "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  16 20:52Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалаба қозонди  22 20:50Суперлига. "Хоразм" – ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  7 20:28"Металлург" клуби яна бир масалани ижобий ҳал қилди   1 20:15Расман: Жесси Лингард "Коринтианс" футболчисига айланди  0 19:52"Манчестер Сити" собиқ сардори оғир хасталикка чалинди  0 19:23Конате "Реал"нинг асосий трансфер мақсадига айланди  0 18:55Артета "Реал"да пайдо бўлиши мумкин! Бунинг учун икки омил тўғри келиши керак  5 17:26ЖЧ-2026да ҳар бир тайм учун мажбурий танаффус жорий этилади  7 16:57Фати "Реал" сафида дебют қилиши мумкин  9 16:29"Барселона" президенти лавозимига номзодлар маълум  5 16:01Витинья кимларни энг кучли ярим ҳимоячилар деб билади?  19 15:33"Роналду эффекти": "Альмерия" Испаниянинг энг оммабоп клублари қаторига кирди  6 15:08Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Хитойга йирик ҳисобда таслим бўлди  22 14:50"Атлетико" тарбияланувчиси — "Челси" трансфер нишони  0

Timur Kapadze: "PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti..." Yangiliklar

Timur Kapadze: "PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti..."

"Andijon" hamda "Olimpik" o'rtasidagi Superliganing 17-tur o'yinidan (2:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze: "Bahs qiyin bo'ldi. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qildik, biroq maydon bunga imkon bermadi. Bu tomondan "Andijon"ga osonroq bo'ldi, chunki bunday maydonda himoyalanish oson va ular xohlayotgan o'yinni ko'rsatish engilroq bo'lsa kerak. PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti... Arena maydonining holati yaxshi emas. SHunga qaramay yigitlarimiz imkoni boricha harakat qilishdi.

Bahs boshida himoyachimizning xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik. Lekin vaziyatni o'ngladik. Raqibning ikkinchi golida fol bor edi. Takroriy lavhada ham ko'rdim. Ochiqchasiga fol bo'lgan, lekin hakam jim. Komissar va boshqalar bu narsaga jiddiy qarashi kerak, chunki u gol bilan yakun topdi.

Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi tufayli bosim bo'ldi, lekin bolalar bor kuchini berishdi. Kamchiliklar bor, biroq bunday maydonda o'ynash qiyin".

- Zaxiradan bahsga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?

- Kuchaytira olishdi. Bu maydonda o'ynash qiyin, juda qumli. Tarkibda o'zgartirishlar qilib, jamoa jismoniy holatini yaxshilashga urindik. Lekin qiyin bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushganlardan ko'nglim to'ldi.

- Jamoa yoshlardan tashkil topgan. Bugungi atmosfera yigitlarga tasir qildi deb o'ylaysizmi?

- Balki bo'lgandir, biroq maydon holati ko'proq tasir o'tkazdi deb o'ylayman. Raqib haqida tasavvurga ega edik, ammo maydon... To'p bilan harakatlanish, to'pni o'ziga to'g'irlashda qiynaldik. Hakamlar vaziyatlarni qaytadan ko'rib chiqishi kerak deb o'ylayman.

- "Olimpik" oxirgi marta Superliga doirasida may oyida g'alaba qozongan. Bu yilgi "Olimpik" avvalgisiga nisbatan barqaror emas.

- Ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Yangi yigitlar kelgan. Qaerdadir kamchiliklar bo'lyapti, bu yosh uchun normal holat deb o'ylayman. Asosiysi xato takrorlanmasligi. Vazifam - bu yigitlarga imkoniyat berish. Ko'p yigitlar o'z jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, bu erda esa ularga imkon berayapmiz. Ular yaxshi harakat qilishsa, terma jamoaga chaqiramiz.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика