So’nggi yangiliklar

18:38"Реал" ТВ ЕЧЛ қуръасидан кейин: "Ортиқ ҳеч ким "қайноқ тўпчалар" хақида гапира олмайди"  2 18:09Озарбайжон чемпионати. "Кяпаз" - "Сабаҳ" (Онлайн натижа)  2 17:44Европа Лигаси. Шомуродов ва "Рома" "Порту"га қарши — плей-офф босқичига қуръа ташланди   5 17:31"Реал" ва "Ман Сити" 4-бор ЕЧЛ плей-оффида тўқнаш келади  60 16:47Расмий хабар: Абдуллоҳ Олимов - ФарДУ футболчиси!  0 16:25ЕЧЛ. Плей-оффга қуръа ташланди. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид"  102 16:15"Ал Ҳилол" "Реал"га 30 миллион евро таклиф қилган. Қизиғи, Винисиус учун эмас  7 16:00Ҳамидулло Абдуҳамидов: "Жароҳатлардан сўнг футбол билан хайрлашиш фикри пайдо бўлган эди"  1 15:23Ислом Исмоилов: "Саудия Арабистони билан ўйинда икки хил тактикани синовдан ўтказдик"  0 15:14"Қизилқум" яна бир легионер билан шартнома имзолади  2 14:48Хендерсон "Аякс" сафида майдонга тушишдан бош тортяпти  3 14:12"Порту" етакчиларидан бири ҳам Саудия Арабистонига йўл оладиган кўринади  0 13:35"Арсенал" "Адана Демирспор" дарвозабонини сотиб олмоқчи бўлган  2 13:09Расман: "Лейпциг" ПСЖ футболчисини рекорд суммага сотиб олди  1 12:37Рўзимбой Аҳмедов: "Хоразм" Суперлигада рақибларига "бош оғриқ" бўла олади"  4

Timur Kapadze: "O'yinni cho'zish holatlari futbolimiz o'sishiga salbiy tasir qiladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yinni cho'zish holatlari futbolimiz o'sishiga salbiy tasir qiladi"

Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

"To'g'risini aytganda birinchi bo'limda biroz qiynaldik. Ikki jamoa ham tetik edi. "Xorazm" yaxshi himoyalandi, deya olaman. Bizning futbolchilarga bunday paytda tezroq o'ynashi kerakligi aytilgandi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni to'g'irladik. Harakatlariga tezlik qo'sha olishdi. Standart vaziyatda diqqatimizni yo'qotdik. Mashg'ulotlarda bu borada ko'p ishlaymiz. Qanday harakat qilish kerakligini tushuntiramiz. Imkoniyatlarimiz bo'ldi. Qaerdadir yoshlik qilishyapti. Tajriba etishmayapti. To'g'ri xulosa chiqarib navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Timur Kapadze. 

- Mavsum boshida jamoa yaxshi start oldi. CHempionat oxirlariga kelib qandaydir spad bordek ko'rinmoqda. O'yinda ham, natijada ham bu o'z so'zini aytyapti. Balki yosh futbolchilarda balans yo'qligi uchundir yoki tajriba etishmayapti?

- Bunday bo'lishini bilar edik. Yoshlardan iborat jamoada barqarorlik bo'lmasligi tabiiy. Qerdadir pasayish yuz beradi. Jismoniy tomondan yaxshi. Balki ruhiy, o'ziga bo'lgan ishonch etishmasligidandir. Bunday o'yinlar bizni yanada kuchliroq qiladi. Alamlisi bitta standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. "Xorazm"da deyarli boshqa vaziyat bo'lmadi. Maqsadimizni olib qarasak biz to'g'ri yo'ldamiz. 

- Superligada faoliyat olib borgansiz. Endilikda Pro liga jamoasini boshqaryapsiz. O'yin sifatini olib qaraganda ikki liganing o'rtasida farq bormi?

- Birinchi o'rinda tashkilotchilik, maydon masalasida kamchiliklar ko'zga tashlandi. "Aral Samali", "Xorazm", "Neftchi"ning maydoni unchalik emas. Bizda ham birinchi davraga qaraganda maydonimiz chimi sifati yomonlashdi. SHuningdek tarkiblar. "Neftchi", "Buxoro", "Dinamo" oldiga aniq maqsad qo'ygan. Tarkibida ham Superliga darajasidagi futbolchilar bor.  Superligada kuchli jamoalar ko'proq. O'yin tomonlama farq seziladi. Qolgan klublar kurash, natijadan kelib chiqib o'ynashmoqda. O'yin cho'zishlar ko'paygan. Bunga hakamlar ham yo'l qo'yishyapti. Bunday narsalar futbolni o'sishini to'xtatib qo'ymoqda. Qaysidir manoda bizda ham ayb bor. 

- "Olimpik"ning oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi? Agarda elitaga chiqsa ishtirok eta oladimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Hozirda barchada imkoniyatlar teng. Maqsadimiz bor. Bu albatta yaxshi. Oldinda bitta tur bor. SHundan so'ng to'rttalikka ajratilgach yana bir-birimiz bilan to'qnash kelamiz. Vazifamiz Superligaga chiqish. 

- Temur Mamasidiqovning zaxiradan maydonga tushishi jarohati bilan bog'liqmi?

- Yo'q, bunga jarohat sabab emas. Ozgina o'yinida pasayish bor edi. Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishni o'ylagandim. Tajribaliroq futbolchi bo'lganida yaratilgan vaziyatlardan foydalangan bo'lardi. O'tgan mavsum o'rinbosarlar jamoasida to'p tepib yurgan futbolchilar bu yil Pro ligada kuchli klublarga qarshi o'ynamoqda. 

- Futbolchilarda yulduzlik kasali yo'qmi?

- Kasal bo'lsa o'ziga. Biz buni to'g'ri tushuntiramiz. Jamoamizda bo'sh joy bo'lmaydi. Raqobat doim bor. Uning o'rnida to'p tepgan Ruslan birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmadi. Hayajonlandi menimcha. Zaxiradan qo'shilganlar yomon to'p tepmadi. "Xorazm" so'nggi daqiqalarda o'yinni cho'zishga urindi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика