Timur Kapadze "Olimpik" bosh murabbiyligidan ketdi
05 avg 18:16
Yangiliklar
Timur Kapadze "Olimpik" bosh murabbiyligidan ketdi
"Olimpik" klubini tark etdim. Klub rahbariyatiga Olimpiadadan keyin yarim yil dam olishimni ancha oldin aytgandim. Sababi 3,5 yil davomida umuman dam olmadim. Terma jamoa bilan 4 ta katta musobaqada ishtirok etdik, klub esa Superligada, U-21 chempionatida, Kubokda qatnashdi. Bu odamdan kattagina kuch talab qilardi. Menimcha, "Olimpik" klubi yil oxirigacha o'z faoliyatini olib boradi. Keyingi yil nima bo'lishini rahbariyat hal qiladi. Ayni paytda "Olimpik"da yordamchilarim ishlamoqda. Ularga omad tilayman", – dedi Kapadze.
O'zPFL matbuot xizmati jamoa bu mutaxassis qo'l ostida Pro ligada o'ynab, Superliga yo'llanmasiga ega chiqqani va liganing eng toza o'yin ko'rsatadigan jamoasiga aylangani, shuningdek, uning ko'rsatkichlari haqida malumot berdi.
Fikrlar