So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   2 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  6 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  1 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Timur Kapadze: "Olimpik" qaysidir manoda chempionatga fayz olib kiryapti" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Olimpik" qaysidir manoda chempionatga fayz olib kiryapti"

Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" qoldirilgan bellashuvidan (1:1) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Olimpik" ustozi Timur Kapadze qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Albatta, o'yin yaxshi bo'ldi. Muxlislar yaxshi darajagi futbol ko'rishdi. Menimcha, shogirdlarim bugun g'alabaga loyiq edi. Nafaqat bugun, umuman olganda ham yigitlarim har o'yinda yaxshi harakat qilishmoqda. Vaziyatlardan foydalanish borasida bazi vaziyatlarda yoshlik qilishyapti. Buni ham tushunaman. Bu tajriba bilan bog'liq. Eng muhimi har bir o'yinda o'zimizga kerak narsani olyapmiz. Yigitlar har bir o'yinda tajrib to'plashmoqda, o'sishmoqda. Bu albatta quvonarli narsa. "Navbahor" ham kuchli jamoa. Buni hamma bilib turibdi. Grand jamoalarga qarshi o'yinlar futbolchilarimizni tekshirib olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bugun har bir vaziyatda yigitlarim yaxshi harakat qilishdi. 

- "Olimpik" deyarli barcha grandlardan ochko olishni uddalayapti. Bu ishtiyoq bilan bog'liqmi?

- Albatta, bundan jamoalarga qarshi ortiqcha motivaciya berish ham shart emas. Yigitlar ham bu jamoalar qanday kuchga ega ekanliklarini bilishadi. Nisbatan pastdagi jamoalar himoyaviy o'yin ko'rsatishadi va ikkinchi raqamda o'ynashadi. SHu sabab ham ularga qarshi qiynalamiz. Bizga esa ochiq futbol qulay. O'yinchilarimizning tezligi yuqori. SHu uchun ham ko'rib turganingizdek chiroyli o'yinlar kuzatilmoqda. 

- U-23 Osiyo kubogida porlagan Ruslanbek Jiyanovda qandaydir pasayish sezilmayaptimi?

- Unda ozgina jarohat bor. Ushbu jarohat unga 100% harakat qilishga qarshilik ko'rsatmoqda. Bu jarohatga qaramay Ruslanbek yaxshi yugura olyapti. Tez orada u yaxshi harakat qilishni boshlaydi. Uning imkoniyatini yaxshi bilamiz.

- "Olimpik" bugun ikki ochko yo'qotdimi?

- Fikrimcha, bizda imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. O'tkir Yusupov bekorga terma jamoaga chaqirilmayapti. Bir necha vaziyatlarda aynan u jamoasini qutqardi. Menimcha, bizda bugun vaziyatlar ko'p bo'ldi. Imkoniyatdan foydalanmaganimiz sabab durang qayd etdik. Gol urganimizda balki g'alaba qozonardik. Eng asosiysi yigitlarim bugun ajoyib o'yin ko'rsatishdi. 

- Jasur Jaloliddinov va Hojimat Erkinov kabi o'yinchilarning "Olimpik"da to'p surishiga qanday qaraysiz?  Bu foydali bo'larmidi yoki aksincha?

- Bu holatga ikki tarafdan qarash kerak. Taktik va ko'p tarafdan bu foydali bo'lardi. Bu futbolchilar terma jamoaga kelganlaridan so'ng ularni terma jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo'lyapti. Ular o'z jamoalarida har xil murabbiy qo'lida o'ynaydi va talablar boshqacha bo'ladi. Lekin, ularning boshqa jamoalarda o'ynashlari ham qaysidir tarafdan yaxshi. Bu "Olimpik"dagi boshqa futbolchilarga imkoniyat yaratadi. Terma jamoa faqat 11 kishidan iborat emas. Har xil vaziyatlar bor. Jarohat, chetlatish va yana boshqa holatlar. Aynan shunday vaziyatda zaxira kerak bo'ladi. Ularning o'z jamoalarida asosiy tarkibda o'ynaganlari yaxshi. Men esa "Olimpik"da boshqa yigitlarga imkoniyat berib ularni ham o'sishlariga sharoit yaratib beryapman. Terma jamoada eng kuchli o'yinchilar maydonga tushadi. 

- Pep Gvardiola Kevin de Bryuynega maydonda o'zi istagan vazifani bajarish, istagan joyda harakat qilish imkoniyatini bergani haqida gapirdi. Bugun Po'latxo'ja Xoldorxonov deyarli shunga o'xshash harakat qildi va o'yin oxiriga borib biroz charchab qolgandek taassurot qoldirdi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Gvardiola de Bryuynega qanday imtiyozlar bergan bilmadim. Kevin de Bryuynedaka o'yinchi maydonda nima qilishini aniq bilgani uchun balki unga shunday imkoniyat yaratilgandir. Sababi, de Bryuyne juda aqlli futbolchi. Poziciya tanlashda, to'p bilan ishlashda juda zo'r harakat qiladi. Po'latxo'ja ham bugun juda ajoyib harakat qildi. Jamoa uchun foydali o'ynadi. Buni umuman yomon tarafi yo'q. Men futbolchilarga to'psiz va to'p bilan qanday harakat qilishni tushuntirib boryapman. Ular turli xil vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilishlari kerak. Biz har bir o'yindan so'ng har bir vaziyatni muhokama qilamiz. Po'latxo'ja bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Eng muhimi jamoaga foydali o'yinchi bo'lish.  

- "Olimpik" birinchi davrani sakkizinchi o'rinda yakunladi. Jamoa faqatgina uch marta mag'lub bo'ldi. Umuman birinchi davradan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Balki kamroq duranglar qayd etganimizda biz sakkizinchi o'rinda emas, yuqoriroqda bo'lardik. Duranglarning 70-80% qismi g'alabali o'yinlar edi. Mening asosiy vazifam futbolchilarning o'sishi. Albatta, xatolarsiz o'sish bo'lmaydi. Yigitlar chempionat boshidan beri ancha o'sishdi. Futbolchilarim avval yo'l qo'ygan xatolarini takrorlashmayapti. Meni quvontirgan jihati o'sha aytganimdek chempionatning boshi va hozirgi paytni solishtirganda ancha o'sishga erishganimiz. O'ylaymanki, ikkinchi davrada bundanda yaxshi o'yin ko'rsatamiz. 

- Bu yilgi Superliga o'yinlari o'zgacha kechmoqda. "Olimpik" chempionlik kurashiga ham tasir o'tkazmoqda. Ikkinchi davrada ham kuchli jamoalardan ochko olishga ishonasizmi?

- O'ylaymanki, agar ikkinchi davrada bundanda yaxshi o'yin ko'rsatsak, bizda imkoniyat bo'ladi. Jadvalda ham barcha jamoalar zich joylashgan. Deyarli hammada imkoniyat bor. Bu chempionatning qiziq o'tayotganidan dalolat. Ikkinchi davrada kim yaxshi o'yin ko'rsatsa, albatta shunga yarasha o'ringa joylashadi. "Olimpik" albatta chempionlik kurashiga tasir o'tkazishga harakat qiladi. Ko'rayotganingizdek, ko'rsatayotgan o'yinimiz muxlislarga yoqyapti. "Olimpik" qaysidir manoda chempionatga fayz olib kiryapti. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика