Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo'q"
04 okt 2023 22:57
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo'q"
"Ilk navbatda, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Sababi, ular yaxshi harakat qildi. G'alaba uchun tayyorgarlik ko'rdik. Koreya kuchli jamoa ekanligini bilardik. SHunga qaramasdan, shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ikkita xatoga yo'l qo'yishimiz oqibatida gollar o'tkazib yubordik. Birinchisi standartdan edi, ikkinchisida o'zimiz xato qildik. Koreyadek jamoa bunday xatolarni kechirmaydi. Ikkinchi bo'lim bu holatdan chiqishga harakat qildik, biroq uddasidan chiqolmadik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi bahsni tahlil qilamiz.
Futbolda emociya bo'lishi tabiiy. Buning ham meyori bor va undan chetga chiqmaslik kerak. Bugungi uchrashuvdagi qizil kartochka hakam bilan tortishish oqibatida olinmadi, bu jazo kurashlar uchun berildi. Koreya shundoq ham kuchli jamoa va ularga hakam yon bosishining keragi yo'q. Lekin avvalgi o'yinda bo'lgani singari bugun ham ular to'qnashuvlarda maydon uzra ko'p marotaba yotib olishdi. Bizning foydamizga esa hakam hushtak chalmadi. Hech kim bu erga yutqazgani kelmaydi. SHogirdlarim hali yosh, bu narsani sekin-sekin tushunib boradi", — dedi o'zbekistonlik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 3-o'rin uchun bahsda Gongkong bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar