Timur Kapadze: "Indoneziyaga bu erdagi muhitni ko'ray degan maqsadda keldim"
27 noy 12:58
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Indoneziyaga bu erdagi muhitni ko'ray degan maqsadda keldim"
- Kelganingizga 2 kun bo'ldi, lekin 100 kunlik piar bo'lmoqda. OAV etiboriga tushmoqdasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv kuzatilmoqda, turli feyklar tarqalmoqda. Jarayonni tezlashtirishmoqchi, lekin hech narsa rasmiy tusga kirmagan. Aslida siz xotirjam dam olishga kelgansiz. Dam olishga ulguryapsizmi yoki bosim ostidamisiz?
- Indoneziyaga kelmaganimga ancha bo'lgandi. Bu erga mehmonlikka chaqirishdi. Bu erdagi muhitni ko'ray, odamlar bilan gaplashay degan umidda, dam olishga keldim. Masjidga borganimiz, maktabga borganimiz insonlarni yanada yaqinroq bilishga xizmat qildi. Bu narsa menga juda yoqadi. Ayniqsa, masjidda bo'lganim, Juma kuniga to'g'ri kelgani hayotim davomida esimda qoladi. Ertaga bu erda murabbiy bo'lamanmi yoki yo'q, asosiysi, Indoneziya xalqi madaniyatini o'rganyapman. 3-4 kun shu erdaman va shu vaqt ichida jarayondan pozitivlik olmoqchiman.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Indoneziyada ekani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Fikrlar