So’nggi yangiliklar

14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9

Timur Kapadze: "Hisobdan qoniqdingizmi? Mag'lubiyatdan xech kim qoniqmaydi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hisobdan qoniqdingizmi? Mag'lubiyatdan xech kim qoniqmaydi"

"Nasaf" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (2:0) mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin o'tdi. Qorli sharoit ikkala jamoaga ham o'z o'yinini ko'rsatishga halal berdi. Jamoamiz anchadan beri o'yin o'tkazmagani bilinib qoldi. "Nasaf" OCHLda ikkita o'yin o'tkazdi va ayni paytda formaga tushib olganligi ko'rinib turibdi.

Biz so'nggi o'yinni Turkiyadagi yig'inda o'tkazgandik. Deyarli bir oy bo'ldi. Kelganimizdan so'ng ham qorli sharoit to'sqinlik qildi. Qor yog'gani sababli "Mashal"ga qarshi o'yinimiz 50 daqiqa bo'lgandi. SHu sababli tayyorgarlik jarayonida ozgina qiyinchiliklar bo'ldi. 

Bugungi ob-havo ham o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman. Lekin umuman olganda, yaxshi uchrashuv bo'ldi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Maydondagi yigitlar bugun harakat qilishdi", - dedi Kapadze o'yin haqida. 

- Hisobdan qoniqdingizmi? 

- Albatta qoniqmadim. Mag'lubiyatdan xech kim qoniqmaydi. Barcha g'alaba uchun maydonga tushadi. Lekin vaziyatga real qarashimiz kerak. Gol bo'lgan vaziyatni yana qarab chiqamiz. Qanday xato qilganimizni ko'rib, xulosa qilamiz. 

- Bugun "Olimpik"da jarohat sabab ikki markaziy himoyachi o'ynamadi. Ularning yo'qligi bugungi mag'lubiyatga tasir qildi deb hisoblaysizmi?

- Yo'qotishlar... Nafaqat ikki himoyachi, balki hujumchimiz ham uchrashuvda ishtirok etmadi. Yo'qotishlar bor, lekin ularning o'rniga maydonga tushgan yigitlar ham yaxshi o'yin ko'ratishdi, ular uchun ham imkoniyat bo'ldi. Ular bo'lganida (markaziy himoyachilar) albatta yaxshiroq bo'lardi.

- O'yin surati yuqori bo'lmasada, Akbar Abdirasulov qizil kartochka oldi. Buni nima bilan izohlagan bo'lardingiz? Unda tartib bilan bog'liq muammo bormi? 

- Bu bo'lib turadigan narsa. U poziciyani to'g'riroq egallaganida bunday holatgacha olib kelmasdi. Lekin, har ikki vaziyatda ham - birida qarshi hujum, ikkinchisida birga-bir vaziyatda sariq kartochka oldi. Bunday holatlarni albatta ko'rib chiqamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика