So’nggi yangiliklar

11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  0 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40

Timur Kapadze: "Hakamlar bu o'yinga mos emasdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hakamlar bu o'yinga mos emasdi"

O'zbekiston U23 hamda Misr U23 o'rtasidagi o'rtoqlik bahsidan (1:2) so'ng Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze: "Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Yaxshi o'yin bo'ldi. Misrni ko'zdan kechirdik, yaxshi jamoa ekan. Biz ham yomon o'ynamadik. Qizil kartochkadan so'ng ko'p narsa o'zgarib ketdi. Bu biz uchun sinov bo'ldi. Lekin charchaganimiz bilinib qoldi. SHunga qaramasdan yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi. Nega ikkinchi golimiz hisoblanmadi? Bilmayman. Keyin chetlatish bo'ldi va barchasi o'zgarib ketdi. Bularning baridan to'g'ri xulosa chiqaramiz. Keyingi uchrashuvlarda albatta xursand qilamiz. Misr jismoniy tomondan kuchli jamoa ekan. Ular Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishgan, nasib bo'lsa ular bilan Olimpiadada uchrashamiz".

- Jamoangiz to'p nazoratiga tayangan hujumkor futbolni namoyish etadi. Lekin himoyada xatoliklar ko'p. Bugungi uchrashuvda qizil kartochkadan so'ng hisobni saqlab qola olmadik. Kelajakdagi bahslarda himoyaviy o'yinni sinab ko'rishni xohlamaysizmi?

- Biz kerak paytda himoyalanib, kerak paytda hujumga o'tyapmiz. Osiyo o'yinlarida rejali o'yin ko'rsata oldik deb o'ylayman. Bu hamma narsa bor. Zaxira yo'qligi tufayli shunday bo'ldi deb o'ylayman. Ibrohim Halil kasal, Azamat kasal... Bugungi bahsda ishtirok eta olishmadi. SHunga qaramay yaxshi o'ynay oldik. Uzoqdan urilgan golda darvozabon xato qildi. Hisob 1:1 ekanligda ham hujumga o'ta oldik. Raqib birinchi bo'limda hech narsa qila olmadi, hatto ochiq futbol namoyish etsak ham. Hammasi qizil kartochkadan keyin boshlandi. Ko'p mehnat qildik, alam qiladi bunday mag'lubiyat. Hakamlar bu o'yinga mos emasdi. Ko'p vaziyatlarda yaxshi hakamlik qila olishmadi. Bunday o'yinlarda munosib referi ishlashini xohlardim. Ikkinchi golimiz haqida gapirishni xohlamayman... Tushunmadi u vaziyatga. To'g'ri, yoqimsiz holat. Mayli... Buni to'g'ri qabul qilamiz. Bayram bo'lishi kerak edi... Kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Klublarida o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilardan havotir olmayapsizmi?

- Havotirdaman. CHunki Jiyanov qanday formada jo'natgan edik, hozir u o'ziga kela olmayapti. Uning jismoniy holati va o'yin tonusiga savollar bor. Hojimat kirishib keta oldi, lekin barqarorlik yo'qligi bilinib qoladi. Futbolchi o'ynashi kerak. Agar u erda bo'lmasa, boshqa joyga borib harakat qilishi lozim. Ular formada bo'lmasa, maydonga tushishmasa boshqalarni ko'rib chiqishimiz mumkin.

- Misr va Ispaniya terma jamoalari orasidagi farq haqida nima deya olasiz?

- Ispaniya texnika, taktika va kombinaciya tomonidan yaxshi shakllangan jamoa ekan. Misr ham kuchli, biroq pressingdan chiqishda misrliklarda muammolar bor ekan. SHunga qaramay Misrning jismoniy holati yaxshi. Biroq texnika va fikrlash jihatdan Ispaniya bir bosh ustun.

- Otabek Jo'raqo'ziev almashtirilganidan so'ng maydonni o'zi tark eta olmadi va uni olib chiqib ketishdi. Uning holati haqida malumot bera olasizmi?

- Uning oyoqlarida butsaning izlarini ko'rdim. Maydonni narigi tarafida turib, o'sha to'qnashuvning ovozini eshitdim. Hakam bunga ahamiyat bergani yo'q. U qizilga tortadigan vaziyat. Jarohat jiddiy. Hakam esa sariq beraymi, yo'qmi deb ikkilanyapti. Referi bu bahsda raqibga yordam berdi demohchi emasman. Hakam bu bahsga munosib emas ekan.

Ikkala o'yin ham bizga foyda berdi, ammo bu bahslarga charchagan holda keldik.

- Navbatdagi FIFA kunlarida nomdor jamoalar bilan o'ynash rejasi bormi?

- Noyabrdagi FIFA kunlaridan foydalanmaymiz. Milliy jamoaning o'yinlari bor, ko'p futbolchilar o'sha erga ketishyapti. Osiyo o'yinlari tufayli Superliga bahslarini o'tkazib yubordik. Yigitlar dam olishadi. Keyingi yildagi FIFA kunlariga tayyorgarlik ko'ramiz. 2024 yilda bizni Osiyo Kubogi kutib turibdi. Dekabr, yanvar yoki fevralda ham yigin o'tkazishimiz mumkin.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика