So’nggi yangiliklar

03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  101 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  54 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Timur Kapadze: "Durang adolatli natija bo'ldi. Ayrim futbolchilar jamoamizni yozda tark etishi mumkin" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Durang adolatli natija bo'ldi. Ayrim futbolchilar jamoamizni yozda tark etishi mumkin"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Andijon" (0:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi

- O'yin haqida

- Raqibimiz yaxshi sport formada ekanligini bilar edik. "Andijon" joriy mavsumda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Durang adolatli natija bo'ldi. Ikki jamoa ham bir-biriga imkoniyat yaratishga bermadi.

- So'ngi ikki uchrashuvlarda jamoa tarkibi ancha o'zgardi. Bunga sabab nima? Yozda "Olimpik" safidagi etakchi futbolchilar boshqa jamoaga o'tadi degan gaplar tarqalmoqda. Ushbu mish-mishlar qanchalik rost? Siz kelajak haqida o'ylab, yangi tarkib shakillantirishni boshladingizmi?

- Yo'q. Kim jamoada qolishi va ketishi noaniq va biz bu haqida o'ylamayapmiz. Oldimizdagi asosiy maqsad olimpiada. Barcha futbolchilar olimpiadaga borish imkoniyatiga ega. Tarkibdagi o'zgarishlar esa, jarohat bilan bog'liq. Ikki darvozabonimiz ham jarohatlangan. SHu sababli, Edem Nemanov darvozamizni qo'riqlamoqda. Nemanov yaxshi o'ynamoqda. Barcha rotaciyalar jarohat sabab. Jarohatlanganlar soni ham ko'payib ketdi. Mamasidiqov endi safga qaytmoqda.

- Jarohatlar soni ko'payib ketdi dedingiz. Bunga sabab nima?

- Turli xil jarohatlar bor. Jiddiy jarohatlarimiz yo'q. Ko'pchilikning jarohatlari mushaklar bilan bog'liq edi. Bu esa biroz vaqt talab etadi. Aleksandr Zevadinov esa operaciya qilindi. Jarohatlar bo'yicha katta muammo yo'q. Rotaciya qilgan futbolchilarimiz ham yaxshi o'yin namoyish etishmoqda.

- "Olimpik" jamoasi mavsum so'ngiga qadar ushbu tarkibini saqlab qoladimi yoki yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilarni ko'ramizmi?

- Biz har doim selekciya ishlarini olib boramiz va barcha yosh futbolchilarni kuzatib turamiz. Yozda bir nechta futbolchilar jamoadan ketishi mumkin. Yangi futbolchilarni ko'rib chiqamiz va bizga to'g'ri kelsa, ularni terma jamoaga taklif etamiz.

- "Andijon" safida to'p tepayotgan SHerzod Esanov o'tgan mavsum jamoangizda to'p tepgandi. Esanovning olimpiadaga borish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Barcha yosh futbolchilarda imkoniyat bor. Nafaqat Esanov, balki Bektemir Abdumannonov va Islom Mamatkazinlarni kuzatib bormoqdaman. Ushbu futbolchilar "Andijon"ning g'alabalariga katta hissa qo'shmoqda. Islom Mamatkazinni bir safar terma jamoaga jalb etgandim. Hozir u yanada o'sdi degan umiddaman. Biroq Olimpiada o'yinlariga bor yo'g'i 18ta futbolchini olib keta olamiz va shu sababli biz ko'paytirish emas, ko'proq tarkibni qisqartirish haqida o'ylashimiz kerak. Kechagi mashg'ulotlarda futbolchilar bilan ko'rishdim va ular menga o'z ukalarimdek. Ularga ko'proq mehnat qilishlarini so'rab qolaman.

- Internetda tarqagan xabarlarga ko'ra, asli o'zbekistonlik lekin hozirgi kunda Kanadada istiqomat qilayotgan yosh futbolchi Kamron Xabibulloh Olimpiada o'yinlariga jalb etilishi mumkin ekan. Ushbu gaplar qanchalik rost?

- Ushbu xabarni men ham internetda o'qidim. Bunday futbolchi borligidan umuman xabarim yo'q. Uni tanimayman. U futbolchini hech qanaqasiga terma jamoaga jalb qilmaymiz. Biz uni tanimaymiz. Bizda kengaytirilgan 70talik tarkib bor va u futbolchi ushbu tarkibda yo'q.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика