So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Timur Kapadze: "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz"

O'zbekiston chempionati oliy liga bahslari bahslari yakunlanishiga 2ta tur qoldi. Navbatdagi turda Toshkentning "Lokomotiv" klubi safarda Samarqandning "Dinamo" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuv oldidan "temiryo'lchilar" sardori Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Dinamo"ga qarshi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. "Dinamo" bu yilgi chempionatning birinchi davrasida o'zini chiroyli natijalari va o'yinlari bilan ko'pchilikni xayron qoldirgandi. Murabbiylar shtabidan tortib futbolchilarigacha o'zlarini yaxshi ko'rsatishgandi. Bunda muxlislarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Ular "Dinamo" jamoasiga haqiqiy 12-o'yinchi bo'lishdi. Ikkinchi davrada samarqandliklarning ishlari uncha yurishmadi. Lekin "Dinamo"ga qarshi uchrashuv biz uchun oson bo'lmaydi, deb o'ylayman. SHuning uchun ham uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ushbu bahsda oldimizga qo'yilgan chempionlik vazifasini bajaramiz", deydi "Lokomotiv" klubi sardori Timur Kapadze.

Ushbu bahsda oldimizga qo'yilgan chempionlik vazifasini bajaramiz



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика