So’nggi yangiliklar

00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  2 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  21 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  34

Timur Kapadze: "Barchani chempionlik bilan tabriklayman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Barchani chempionlik bilan tabriklayman"

Bugun oliy ligamizning 29-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (1:1).
Ushbu bahs "qaldirg'ochlar"ni chempionlikdan mahrum qildi va "Lokomotiv" muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. Ushbu o'yindan so'ng "temiryo'lchilar" sardori Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor barcha jamoadoshlarimni va "Lokomotiv" jamoasi rahbariyatini muddatidan avval qo'lga kiritilgan ilk chempionlik bilan tabriklayman. Biz bugungi bahsda "Bunyodkor"dan bunday natija qayd etishini kutmagandik. Bunday sovg'aga biz yo'q demaymiz. Peshqadamligimiz davomiy bo'lsin. Har bir jamoada chempion bo'lishni o'ziga yarasha gashti bor. "Neftchi", "Paxtakor", "Bunyodkor" jamoalarida bosh sovrinni qo'lga kiritgandim.

Mana endi "Lokomotiv" tarkibida ham chempionlikni qo'lga kiritdim. Bundan juda ham xursandman. Mana shu jamoalarda qo'lga kiritgan sovrinlarimda menga yordam bergan barcha jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman. "Lokomotiv" tarkibida chempion bo'ldim, bu men uchun ham jamoadoshlarim uchun ham katta baxt. Klubimizdagi ayrim futbolchilar ilk bor chempionlik nashidasini surishmoqda, yana kimdir avval ham bunday baxtga musharraf bo'lgan. Rahbariyatimiz tomonidan bizga berilgan ishonch va imkoniyatlar yo'qqa chiqarilmaganidan xursandman. Jamoadagi yigitlarning kayfiyati alo darajada.

"Bunyodkor" bilan "Navbahor"ning o'yinidan so'ng barcha futbolchilar o'z hissiyotlarini yashira olmadi. CHempion bo'lish katta baxt. Bir so'z bilan aytganda juda ham zo'r kayfiyatdamiz. Mana shunday kayfiyat bilan ertangi o'yinda ham g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz", - deydi "Lokomotiv" klubi futbolchisi Timur Kapadze

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика