So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Timur Kapadze: "Andijon-SGS" biz kutganchalik qarshilik ko'rsata olmadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Andijon-SGS" biz kutganchalik qarshilik ko'rsata olmadi"

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Olimpik" – "Andijon-SGS" (10:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. Biz kutgandek qarshilik bo'lmadi. Yigitlar bugungi o'yinga kuchli tayyorgarlik ko'rishdi. O'yinimizda ko'p narsa o'xshadi. Muhimi g'alaba. Bu o'yin keyingi o'yinga tayyorgarlik uchun poydevor bo'ldi.

- To'rtinchi va beshinchi gollardan keyin ham yigitlar to'xtashmadi. Bunga sabab nimada?

- Kechagi natijalar qanday bo'lganini o'zingiz ko'rdingiz. "Paxtakor" qolib ketdi. Bizning yigitlar esa o'yinga bor etiborlarini qaratishdi. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi. "Andijon-SGS" uchun ham bu o'yin foydali bo'ldi. Ko'proq qarshilik kutgandik, ammo bunday bo'lmadi. Oldimizda jiddiy o'yinlar bor, ularga tayyorlanishni boshlaymiz.

- Kubokda keyingi bosqichga chiqqaningizni hisobga olmasa, bu uchrashuv jamoaga qanday foyda beradi?

- O'zimizga bo'lgan ishonchimiz oshdi. Bizda vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar bor edi. Balki, bugungi o'yin foydali impuls berar. Buni vaqt ko'rsatadi. Hujum chizig'imiz vakillari bugun ikki uchtadan gollar kiritishdi. O'ylashimcha, bu ular uchun o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi.

- "Olimpik" rasmiy o'yinlarda 10 ta gol urib, o'zi uchun yangi tarix yaratdi. SHu haqida fikringiz...

- "Olimpik" yangi jamoa, bu tushunarli. Har bir o'yin biz uchun tarix. Keyinchalik klub mavjud bo'ladimi, yo'qmi, 10 ta gol urish har doim qiyin bo'ladi. Bu yigitlar ancha yaxshi o'yin ko'rsatishganini ko'rsatadi. 30-40 yildan keyin ham bu natija eslanishi mumkin. 

- O'zbekiston kubogidan qanday natijalar kutmoqdasiz?

- Nima desa bo'ladi. Ko'ramiz. Biz uchun har bir o'yin muhim. Kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar menga yigitlarni kuzatish, nima ustida ishlash kerakligini aniqlash muhim. Ko'ramiz, keyingi bosqichda kimga qarshi o'ynaymiz. "Paxtakor"ni ko'rdik, balki raqibga etarli baho berilmagandir, balki tayyorgarlikda muammo bo'lgandir. Kubok bitta o'yindan iborat. Bunday natijalar kuzatilib turadi. CHempionatda esa bitta o'yindagi xatoni keyingisida to'g'rilasa bo'ladi. Kubokda bunday imkoniyat yo'q.

- Bu haftada "So'g'diyona" bilan o'yin bor. Bu o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ladi?

- Uch kundan keyin "So'g'diyona" bilan o'ynaymiz. Ha, juda muhim o'yin bo'ladi. Ikkala jamoa uchun ham muhim o'yin. "Andijon-SGS" jamoasiga esa omad tilaymiz. Umuman olganda, ular yomon jamoa emas. Murabbiy ham yaxshi darajada. Jamoa yoshlarga imkon beryapti. Ular bilan birinchi marta to'qnash kelmayapmiz. O'tgan yilgi o'yinda "Andijon-SGS"ga mag'lub bo'lgandik. Ular uchun bu o'yin kerakli bo'ldi, deb o'ylayman. Xatolarni ko'rib olishga, muhokama qilishga imkoniyat bo'ldi. Biz esa ishlashda davom etamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика