Tim Xoogland: "Rangnik daho edi"
18 jan 2022 20:55
Yangiliklar
Tim Xoogland: "Rangnik daho edi"
"U daho edi. Mashg'ulotlarda aniq qoidalarga tayanardi. Agar siz to'pni maydon markazida olsangiz, uni ortga qaytarishga ruxsat bermasdi.
Agar siz to'pga ega chiqsangiz, uni faqat oldinga yo'naltirishingiz kerak. Mashg'ulotlarda to'pni qabul qilgach, darvozaga zarba yo'llash uchun taxminan olti yoki soniya vaqtimiz bo'lardi. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, to'p raqibga o'tib ketardi. Agar siz mashg'ulotlarda shunga o'xshash narsalarni sinodvn o'tkazsangiz, bu maydonda ish beradi. Hozir ko'pchilik murabbiylar va jamoalar aynan shunday usullarga murojaat qilmoqda.
Rangnik har doim boshqalardan ilgarilab ketgan, ilg'or murabbiy bo'lgan. Uning boshchiligida faqat aniq tasavvurga ega futbol o'ynaysiz. U ham murabbiy, ham sport direktori. Germaniyada uni "memor" deb atashadi", – dedi Tim.
Fikrlar