Tibo Kurtua: "Azarning almashtirilishini Konte tushuntirishi kerak"
28 fev 2018 20:59
Yangiliklar


Tibo Kurtua: "Azarning almashtirilishini Konte tushuntirishi kerak"
"CHelsi" darvozaboni Tibo Kurtua APL 28-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs (1:2)dagi Eden Azarning almashtirilishi haqida gapirib o'tdi.
"Gol urganimizdan so'ng o'tgan seshanba kuni "Barselona"dan bo'lgani kabi qarama-qarshi zarbani qabul qilib oldik. Lekin, ikkinchi bo'limda to'p bilan kam muomala qildik, shunga qaramay biz yutqazmasligimiz kerak edi.
Menda Azarning almashtirilishiga tushuntirish yo'q. Murabbiy uni o'zgartirishini kutmagan edim, lekin bu uning qarori. Buni u tushuntirishi kerak, men uning fikrini o'qiy olmayman.
Azarga o'xshash o'yinchilar maydonda to'liq 90 daqiqa bo'lishlari kerak. U hamisha hujumda nimadir berishi mumkin", - dedi Kurtua.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar