Tiago Silva: "Terma jamoaga qaytganimdan baxtliman"
11 noy 2016 12:49
Yangiliklar
Tiago Silva: "Terma jamoaga qaytganimdan baxtliman"
PSJ himoyachisi Tiago Silva JCH-2018 saralashi doirasida Argentinaga qarshi o'yin (3:0)da Braziliya terma jamoasiga qaytganidan baxtli ekanligini bildirdi.
Silva Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dunga bilan kelisha olmagani bois, terma jamoaga chaqirilmayotgan edi.
"Terma jamoaga qaytganimdan baxtliman. Hamisha qaytish haqida orzu qilardim, farzandlarim nima sababdan terma jamoa uchun o'ynamayotganimni so'rashar edi. Bugun men faxr bilan ularga otangiz qaytdi deb ayta olaman", - deya Silvaning so'zlarini keltirmoqda "Globo Esporte".

Fikrlar