Tiago Silva sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
06 apr 2020 19:18
Yangiliklar
Tiago Silva sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
PSJ himoyachisi Tiago Silva faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin parijliklar safini tark etadi. Aytilishicha, unga "Milan" davogar bo'lib turibdi. Tomonlar faqatgina maoshni kelishib olishsa bo'lgani.
Braziliyalik himoyachi 2009-2012 yillar davomida "Milan"da o'ynagan va PSJga o'tgandi.
Fikrlar