Tiago Silva: "Qachondir "Oltin to'p"ni yutishimga ishonmayman"
03 dek 2013 17:12
Yangiliklar


Tiago Silva: "Qachondir "Oltin to'p"ni yutishimga ishonmayman"
PSJ himoyachisi Tiago Silva qachondir "Oltin to'p"ni unga berishlariga ishonmaydi.
"Men "Oltin to'p" olishim mumkinmi? Himoyachi bo'lganim uchun Riberi, Ronaldu, Messi va Ibragimovichga etarli darajada raqobat qilishimga ishonmayman. Bu sovrinni yutish uchun mo'jiza ro'y berishi kerak: men Franciya chempionatida, CHempionlar ligasida va Jahon chempionatida g'olib chiqishim. SHu bilan birga har bir o'yinda gol urishim kerak. Men faoliyatimdagi eng yuqori cho'qqiga yaqinlashayapman, ammo hali unga etganim yo'q", - deydi Silva.
So'nggi bor himoyachi 2006 yil "Oltin to'p"ni olgandi. O'shanda Italiya bilan Jahon chempioni bo'lgan Fabio Kannavaro bu sovringa ega chiqqandi.
So'nggi bor himoyachi 2006 yil "Oltin to'p"ni olgandi. O'shanda Italiya bilan Jahon chempioni bo'lgan Fabio Kannavaro bu sovringa ega chiqqandi.

Fikrlar