So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  0 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  15 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

Tiago Bezerra: “Paxtakor” loyihasining jiddiy ekani o'ziga jalb qildi” Yangiliklar

Tiago Bezerra: “Paxtakor” loyihasining jiddiy ekani o'ziga jalb qildi”

“Paxtakor” tarixida Fabiano Anderson va Fabio Pintodan keyin uchinchi braziliyalik futbolchiga aylangan Tiago Bezerra ayni kunlarda jamoamiz bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Uning klubimizga kelib qo'shilgandan so'ng birinchi intervyusini etiboringizga havola etamiz.

- Tiago, Toshkent va “Paxtakor” xususida nima deya olasiz?

- To'laqonli taassurotga ega bo'lib ulgurmadim, ammo barchasi juda yaxshi ketmoqda. Mashg'ulotlarga kirishdik. Hozir hech kimga oson emas. Tayyorgarlik davrida jiddiy ter to'kish talab etiladi. Jamoadoshlarim bilan birga yangi murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarda qatnashyapmiz. Bu erda barcha bir-biriga nisbatan juda iliq munosabatda. Mashg'ulotlar o'tkazish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

O'zbekiston haqida bu erga kelishdan avval juda ko'p malumot bilmasdim, ammo taklif tushishi bilan klub va mamlakatni internet orqali o'rganishga kirishdim. Rivaldo va Skolarining bu erda ishlaganini eshitgandim. Toshkent chiroyli va qulay shahar ekanini ko'rib turibman. “Paxtakor” esa katta tarixga ega katta klub ekanidan xabar topdim.

Klub va jamoadagilar yangi muhitga moslashishga yordam berishga harakat qilishyapti. Hech kim yordamini ayamaydi. Buning uchun barchaga rahmat aytaman.

- Muzokaralar qanday kechdi?

- Braziliyada tatilda ekanimda menejerim menga O'zbekistondan taklif bo'layotgani haqida aytdi. Oldimda boshqa variantlar ham bor edi. Birinchi navbatda “Paxtakor”da yangi loyihaning jiddiyligi va uzoq muddatga mo'ljallangani etiborimni tortdi. Qolaversa, yangi mamlakatda yarim yoki bir yil o'ynashni istamasdim. Bunday ko'chib o'tishlar oilam uchun qulay emas. Muzokaralar jarayonida klub oldiga katta vazifalar qo'yilgani takidlandi. Qolaversa, Turkiyada ishlagan SHota Arveladzeni yaxshi bilaman. SHu sababli “Paxtakor” bilan shartnoma imzolashga rozilik bildirdim.


- Yakuniy qarorga kelishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz?

- Menejerim va oila azolarim bilan. Quvayt va Saudiya Arabistonida yarim yildan o'ynaganman. SHu sababli uzoqroq muddat mobaynida to'p tepadigan biror klubda o'ynashni istayotgandim. Takliflarni o'rganishda shunga etibor qaratdim. Biror joyda uzoqroq vaqt davomida o'ynasam, bu oilam uchun ham foydali bo'ladi.

- Bolaligingiz haqida aytib bersangiz. Professional futbolga yo'lingiz qanday boshlangan?

- Braziliyadagi barcha bolalar singari futbol o'ynab katta bo'lganman. Otam va akam ham futbolga juda qiziqishgan. Ular tufayli men futbolchiga aylanganman. Otam meni mashg'ulotlarga olib borardi. U buning uchun bor kuchini sarflagan. Professional futbolga kirib kelishimda oilamning hissasi eng katta bo'lgan. SHu tariqa asta-sekin ulg'ayib, katta futbolgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdim.

- Ilk jamoangiz Belgiyaning “La Luver” klubi bo'lgan. 18 yoshda qay tariqa u erga borib qolgansiz?

- Bir agent bir necha nafar futbolchini Evropa klublariga ko'rikka olib borgan. Men Belgiyaga, kimnidir Germaniya yoki boshqa davlatga. U erda bir oydan ko'proq vaqt mashq qildim va keyin shartnoma taklif qilishdi. Endi o'ynashni boshlagan paytimda jamoada kelishilgan o'yinlar bo'yicha mojaro yuzaga keldi. Klubni quyi divizionga tushirib yuborishdi. Keyin Turkiyadan taklif tushdi. U erda “Oltoy” va “Karsiyaka” klublarida o'ynadim. So'ng Braziliyaga qaytib, “Vasko De Gama” bilan 5 yillik kelishuv tuzdim. SHundan keyin turli klublarda ijarada o'ynashga majbur bo'ldim. Tez-tez klub almashtirdim. Nihoyat, bu muddat tugagach, erkin agent sifatida jamoalar tanladim. Saudiya Arabistoni va Turkiyadan so'ng “Paxtakor”ga keldim.


- Turkiyaning turli klublarida turli mavsumlarda o'ynagansiz. Buning sababi nimada?

- Menga bu mamlakat maqul bo'lgan. Turk tilini o'rganib oldim. Natijada u erda yashash qulay holatga aylandi. Oilam uchun ham uchib kelish oson edi. Natijada katta maosh olmasam ham ushbu yurt jamoalarida to'p tepishni afzal bildim. Hozir o'g'lim ham turk bilini o'rganmoqda.

- Turk va o'zbek bir-biriga juda o'xshash ekanini bilasizmi?

- Ha, buni kelgan paytimdayoq sezdim. Jamoadoshlarim o'zaro suhbatlashayotgan paytda ham ularni ozroq tushundim. Bu menga qulaylik tug'dirmoqda. Asta-sekinlik bilan o'zbek tilini ham o'rganib boraman. Bu jamoa ichida ham qo'l kelishi aniq.

- O'zbekistonda nimalarni o'rganyapsiz? Madaniyat, tarix yoki boshqa narsa?

- Mashg'ulotlardan bo'sh chog'imda sayr qilgan holda mahalliy odamlar bilan muloqot qilishga urinyapman. Asta-sekin ular bilan suhbatlashib, turli narsalar borasida malumotga ega bo'lishga intilaman. O'zing o'ynayotgan mamlakat madaniyati, ananalari va tarixi haqida bilib borish zarur.


- “Paxtakor”dagi maqsadlaringiz qanday?

- Jamoaga yangi amalga oshirilayotgan loyihada yordam berishni xohlayman. Klub rahbariyati barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda. Bu mavsum chempionlik uchun imkoniyatimiz yuqori emas, buni tan olish kerak. Ammo CHempionlar ligasida ishtirok etishga imkon beruvchi ikkinchi pog'onani egallashga intilamiz. Yarim mavsum mobaynida kuchayib borsak, keyingi yil barchasini boshidan boshlaymiz. Hammasi o'z qo'limizda bo'ladi. Navbatdagi mavsumda chempionlikni nishonlashni istaymiz. Zamonaviy qarashlarga ega murabbiy boshchiligida buning uchun dastlabki qadamlarni tashlayapmiz.

- Muxlislarga nima deyishni xohlardingiz?

- Ulardan stadionga ko'proq kelish va bizni qo'llab turishni so'ragan bo'lardim. Klub uzoq muddatli loyihaga kirishgan. Ishqibozlarga natija va chiroyli futbol muhim, buni bilaman. Klub va jamoadagi har bir xodim yoki futbolchi jiddiy ter to'kmoqda. Biz ularni xursand etish uchun bor kuchimiz bilan urinamiz. Birgalikda ajoyib g'alabalarni nishonlaymiz deb umid qilaman.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика