The Times: "Real" Azar uchun 110 million evro to'laydi (+ bonuslar ham bor)
02 iyu 2019 18:10
Yangiliklar


The Times: "Real" Azar uchun 110 million evro to'laydi (+ bonuslar ham bor)
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Eden Azar transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Madridliklar 28 yoshli belgiyalik uchun 110 million evro (88,5 mln. funt sterling) to'laydi, deya xabar bermoqda The Times nashri.
Bundan tashqari, "CHelsi" Azarning yutuqlariga qarab qo'shimcha 15 million evrogacha bonus pullari olishi ko'zda tutilgan.
Londonliklarning Azar bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan va u 7 yildan beri klubda o'ynab kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar