The Guardian: "Barselona" Berbatovga qiziqmoqda
19 noy 2013 15:29
Yangiliklar


The Guardian: "Barselona" Berbatovga qiziqmoqda
"Fulxem"ning 32 yoshli hujumchisi Dimitar Berbatov "Barselona" qiziqayotgan futbolchilar ro'yxatidan o'rin oldi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martino o'z jamoasida taran hujumchi bo'lishini istamoqda. Avvalroq klub Fernando Lorente, Robert Levandovski va Serxio Aguero kabi forvardlarga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Endi bu ro'yxatga Berbatov ham kiritildi.

Fikrlar