The Best marosimidan keyin Ronaldu: "Qorong'u tundan so'ng, albatta tong otadi"
24 sen 2019 14:50
Yangiliklar
The Best marosimidan keyin Ronaldu: "Qorong'u tundan so'ng, albatta tong otadi"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional futbolchi havaskordan nimasi bilan ajralib turishi haqida fikr bildirdi.
"Sabr va qatiyat - bular professional futbolchini havaskordan ajratib turadigan hislatlardir. Bugun buyuk deb atayotganlarning hammasi juda kichik narsadan boshlangan. Hamma ishni bajara olmasligingiz mumkin, lekin orzuingiz amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga sola olasiz. SHuni yodda tutingki, har doim qorong'u tundan keyin albatta tong otadi", — deya fikr bildirdi Ronaldu.
Xabaringiz bor, kecha tunda FIFA talqiniga ko'ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Birinchi va ikkinchi o'rinlarni kim olganini bilasiz. Krishshtianu jami ovozlar soni bo'yicha uchinchi o'rindan joy oldi.
Fikrlar