Teves: "Qamoqqa borib, jarohat oladigan ahmoq emasman"
30 mar 2018 11:51
Yangiliklar


Teves: "Qamoqqa borib, jarohat oladigan ahmoq emasman"
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves uning akasi jazo o'tayotgan qamoqda futbol o'ynab jarohat olgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"O'tgan chorshanba trenajyor zalida shug'ullanayotib, tizzamda og'riq his qildim. Og'riq ketishi uchun bir necha kun kutdim. Ammo davom etdi va men tibbiy ko'rikdan o'tdim. Kichik shikastlanish borligi aniqlandi. Bazilar esa menga ishonishmayapti va qamoqda futbol o'ynab, shikastlanganimni aytishmoqda. Odamlar o'zi gapirayotgan narsa haqiqat yoki yolg'on ekanligini bilmay mish-mish tarqataverishadi, biroq men to'g'risini aytaman. Qamoqqa borib, jarohat oladigan ahmoq emasman. Matbuotdagi bu gap-so'zlar yoqimsiz, ammo meni kuchliroq insonga aylantiradi. Hozir jim bo'lib, maydonga qaytish vaqti" - deydi Teves.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar