Terzich jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi
10 dek 2023 10:42
Yangiliklar
Terzich jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi
"Borussiya" D bosh murabbiyi Edin Terzich Bundesligada "Leypcig"dan uchralgan mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Ikkinchi bo'limda Xummelsning qizil kartochkasiga qadar biz yaxshi o'ynayotgandik. SHuningdek, kamchilik bo'lsak-da, raqibdan ustunlik qilib turgandik. Taqvimimiz juda tig'iz, shu sababli jarohatlanganlar ko'p.
Ayni paytda haqiqiy sinovdan o'tmoqdamiz. Biroq ko'rinib turibdiki, jamoam kuchga to'la bo'lib o'ynadi va oxirigacha kurashdi. Ko'plab ishlarimiz amalga oshdi. Agarda ushbu asosni ushlab qola olsak, bizda ko'proq g'alabalar kuzatiladi. Bugun biz nafaqat to'p bilan yaxshi ekanligimizni, balki, istalgan sharoitda g'alaba uchun o'ynay olishimizni ko'rsatdik. Bu sifat hali bizga juda asqotadi", - dedi Terzich.
Fikrlar