Terri: "Faoliyatimni "CHelsi"da yakunlamoqchiman"
27 may 2015 10:44
Yangiliklar


Terri: "Faoliyatimni "CHelsi"da yakunlamoqchiman"
"CHelsi"ning 34-yoshli sardori Jon Terri faoliyatini London klubida yakunlashni niyat qilgan.
"Faoliyatimni "CHelsi"da yakunlamoqchiman. Angliyaning boshqa klubida o'ynashni istamayman. Agar "CHelsi" men bilan shartnomani uzaytirmasa, ammo o'zim futbol o'ynashni xohlasam, boshqa klubga o'tishim aniq. MLSga yoki boshqa joyga ketaman. Ayni damda yoshim tufayli qaerda o'ynashimni faqat o'zim hal qila olmayman. Eng yaxshi variant - faoliyatimni "CHelsi"da tugatish. Jamoaga kelganimdan 35 yoshgacha futbol o'ynashga umid qilgan edim" - deydi Terri.

Fikrlar